TOShKENT, 10 sen — Sputnik. Toshkentda 2018-yil 14-19 sentabr kunlari Belarus ishlab chiqaruvchi korxonalarining “Made in Belarus” ko‘rgazmasi o‘tkaziladi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiriga ko‘rgazma tashkilotchilari matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ushbu ko‘rgazma Belarus savdo-sanoat palatasi O‘zbekiston tashqi savdo vazirligi, ikki davlat organlari, elchixonalari va biznes-uyushmalari ko‘magida tashkil qilinadi.
Ko‘rgazmada Belarus Respublikasining 152 ta korxonasi qatnashishi kutilmoqda. Ulardan eng asosiylari: “BELAZ”, “MTZ”, “Belshina”, “Belarusskaya lesnaya kompaniya”, “Berezastroymateriali”, “Adani”, “BelOMO”, “Konte SPA”, “Kommunarka”, “Babushkina krinka”, “Belriba”.
Ko‘rgazma mashinasozlik, kimyo va neft kimyo mahsulotlari, qurilish va daraxtni qayta ishlash, ilm-fan va texnologiyalar, yengil sanoat, oziq-ovqat mahsulotlari, ta’lim, poligrafiya, farmatsevtika va tibbiyot, turizm yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tadi.
“Mins traktor zavodi” tomonidan "BELARUS - 82.1", "BELARUS - 80X" i "BELARUS -
1025.2" zamonaviy traktorlari namoyish qilinadi. Shuningdek, "Gomselmash", "Blyuming", "Amkodor" kompaniyalari qishloq xo‘jalik texnikasi ko‘rsatiladi.
“Minsk avtomobil zavodi” yuklash-tushurish va qurilish ishlari uchun avtokran, samosval avtopoyez va yo‘lovchi MAZ-206 avtobusini namoyish qiladi.
“Belkommunmash” korxonasi tomonidan esa o‘zida trolleybus va avtobus afzalliklarini mujassam etuvchi elektrobus E433 "Vitovt Max Electro" ko‘rsatiladi.
Pavilon ichidagi ekspozitsiyadan tashqari ko‘cha maydonida “Amkodor”, “MAZ”, “MTZ”, “Gomselmash”, “Bobruyskagromash”, V.I. Kozlov nomidagi “Minsk elektrotexnika zavodi” va “Blyuming” korxonalarining 48 dona texnika havola etiladi.
Shu bilan birga, Belarus texnikasi imkoniyatlarini batafsil namoyish qilish uchun avto-shou ham ko‘rsatiladi.
"Mogilevliftmash" kompaniyasi tomonidan yuk ko‘tarish quvvati 400 tonna bo‘lgan liftlarni va liftlarni boshqaruv stansiyalari mikroprotsessorlari ko‘rsatiladi.
Bundan tashqari, belaruslik kompaniyalar uy va ofis uchun zamonaviy maishiy texnika taqdim etiladi. Xususan, “Atlant” zavodi kir yuvish mashinalari va muzlatgichlar namoyish qilinadi. “Gorizont” zavodi o‘zining 43-45 duymli LCD-televizorlarni va ta’lim va biznes interaktiv sensor tizimlari havola etiladi.