Andijondagi ko‘zbo‘yamachilikda aldangan ayol o‘z joniga qasd qilishga urindi

© Sputnik / Aleksey KudenkoKapelnitsa
Kapelnitsa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rahimova Muyassar onasi bilan janjallashib, ruhiy zo‘riqish oqibatida o‘zi muntazam iste’mol qiladigan dorilarni meyoridan ortiqcha ichgan.

TOShKENT, 29-iyul – Sputnik. Andijondagi ko‘zbo‘yamachilikda aldangan ayol o‘z joniga qasd qilishga urindi.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasiga andijonlik fuqaro Rahimova Muyassar Kozimjonovnaning o‘z joniga suiqasd qilgani haqida xabar kelib tushgan.

Klyuchi ot kvartiri - Sputnik O‘zbekiston
Bosh prokuratura Andijon viloyati hokimligi tomonidan aldangan ayollar ishini o‘rgandi

Ma’lum qilinishicha, qo‘mita tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda mazkur holatni o‘rganib chiqqan.

Andijon viloyati hokimligi, viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, fuqaro Rahimova Muyassar Kozimjonovna 23-iyul kuni soat taxminan 20.00 larda onasi bilan janjallashib, ruhiy zo‘riqish oqibatida o‘zi muntazam iste’mol qiladigan dorilarni meyoridan ortiqcha ichgani tufayli shifoxonaga yotqizilgan.

Xabarda qayd etilishicha, o‘z vaqtida ko‘rsatilgan malakali tibbiy yordam natijasida fuqaroning ahvoli yaxshilan va 24-iyul kuni shifoxonadan uyiga ketishiga ruxsat berilgan.

Hozirda ushbu holat bo‘yicha Andijon shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Prokuratura - Sputnik O‘zbekiston
Andijon hokimligi ko‘zbo‘yamachilikka yo‘l qo‘ygan – Bosh prokuratura

Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekiston 24” telekanali orqali 2019-yil 31-mart, 3-may va 16-may kunlari “Mustaqillik tikuvchilik majmuasi” MChJning uy-joyga muhtoj bo‘lgan 6 nafar ishchilari ishtirokida, ularga sovg‘a sifatida kottej berilganligi haqida lavhalar ko‘rsatilgan, 16-may kuni ular oila a’zolari bilan birga ushbu kottejlarga kiritib qo‘yilgan. Prezident tashrifi yakunlanganidan so‘ng, ushbu uylardan beshtasi olib qo‘yilgan.

Bosh prokuraturasi Andijon shahrida prezident tashrifi arafasida ehtiyojmand ayollarga uy berilib, prezident ketganidan so‘ng uylar qaytib olingani haqidagi vaziyatni o‘rganib chiqqan edi. Natijada Andijon viloyati hokimligi tomonidan ko‘zbo‘yamachilikka yo‘l qo‘yilganini aniqlagan edi.

Yangiliklar lentasi
0