Bosh prokuratura Andijon viloyati hokimligi tomonidan aldangan ayollar ishini o‘rgandi

© Sputnik / Yevgeniy SamarinKlyuchi ot kvartiri
Klyuchi ot kvartiri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Joriy yil may oyida andijonlik bir guruh ayollar viloyatga prezident tashrifi oldidan oldindan va’da qilingan kottejlarga ko‘chirib kiritilgan, prezident tashrifi yakuniga yetgach, ulardan bu turar joylarni bo‘shatib qo‘yish so‘ralgan.

TOShKENT, 15-iyun - Sputnik. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Andijon viloyati hokimligi mutasaddilarini ko‘zbo‘yamachilikka yo‘l qo‘yganlikda aybladi. Hokimlik vakillari prezidentning viloyatga tashrifi doirasida bir necha ayollarni kottejlarga ko‘chirib kiritgan va bu haqda intervyu berishga majburlagan, tashrif yakunida esa ayollardan ko‘chib kirilgan xonadonlarni bo‘shatib qo‘yish so‘ralgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev v xode poyezdki v Andijanskuyu oblast posetil staruyu maxallyu v gorode Andijane - Sputnik O‘zbekiston
Antisanitariya va nuragan devorlar: Mirziyoyev Andijondagi eski mahallada nimalarni ko‘rdi

Ushbu voqea OAVlar va ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgach, bosh prokuratura bu ishni o‘rganishga kirishgan. O‘rganish jarayonida aniqlanishicha, ehtiyojmand shaxslarni uy-joy bilan ta’minlash maqsadida Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani Xo‘jaobod massivida 2 sotixli jami 592 ta kottej qurilishi yakuniga yetkazilgan.

Joriy yilning fevral-mart oylarida viloyat hokimligining mas’ul shaxsi "Mustaqillik tikuvchilik majmuasi" MChJning uy-joyga muhtoj bo‘lgan 6 nafar ishchilariga (X.Tillayeva, M.Raximova, Sh.Bakirova, X.Ermatova, Z.Abduvaliyeva va D.Xodjimatova) mazkur hududda qurilayotgan kottejlardan ularga sovg‘a sifatida bittadan berilishini ma’lum qilgan.

Keyinchalik, "O‘zbekiston 24" telekanali orqali 2019-yil 31-mart, 3-may va 16-may kunlari yuqoridagi ishchilar ishtirokida, ularga sovg‘a sifatida kottej berilganligi haqida lavhalar ko‘rsatilgan, 16-may kuni ular oila a’zolari bilan birga ushbu kottejlarga kiritib qo‘yilgan.

Davlat rahbari tashrifi doirasida faqat ishchilardan biriga (D.Xodjimatova) kottej sovg‘a qilingan. Tashrifdan so‘ng viloyat hokimligi mas’ul shaxsining talabiga binoan qolgan 5 nafar ishchilar qurilayotgan 4 qavatli uylardan xonadon ajratish va’da qilingan holda kottejlardan ko‘chirilgan.

Shundan so‘ng, ular qator davlat tashkilotlariga murojaat qilgan, X.Tillayevaning hokimiyat ularni aldaganligi haqidagi murojaati ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan.

Malishi zanimayutsya v igrovoy komnate - Sputnik O‘zbekiston
MTV prezident topshirig‘ini bajarish o‘rniga ko‘zbo‘yamachilik qilayotganlarni ogohlantirdi

Ularning murojaatlaridan so‘ng, 22-may kuni "Mustaqillik tikuvchilik majmuasi" MChJ tomonidan ularning ish xaqlari va korxona daromadlari hisobidan 4 qavatli uy-joy uchun dastlabki badal to‘lovi o‘tkazilgan.

O‘rganishlar shuni ko‘rsatdiki, Andijon viloyati hokimligi mutasaddilari 5 nafar ehtiyojmand ishchilarga kottej berilishini va’da qilib, ulardan bu haqida ommaviy axborot vositalariga intervyular olinishiga erishib, kottejlarga ularni uy egasi sifatida kiritib qo‘yib, biroq yakunda ularga kottej ajratmasdan, ko‘zbo‘yamachilikka yo‘l qo‘ygan.

O‘rganish natijalari yuzasidan Bosh prokuratura Andijon viloyat hokimi nomiga zudlik bilan aybdor shaxslarning intizomiy javobgarligi masalasini hal qilish hamda bu kabi holatlarga chek qo‘yish choralarini ko‘rish to‘g‘risida taqdimnoma kiritgan.

Yangiliklar lentasi
0