Andijon hokimligi ko‘zbo‘yamachilikka yo‘l qo‘ygan – Bosh prokuratura

© Uznews.uzProkuratura
Prokuratura - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bosh prokuratura "Andijoncha spektaklni" o‘rganib chiqib, viloyat hokimligi ko‘zbo‘yamachilikka yo‘l qo‘yganini aniqladi.

TOShKENT, 17-iyun – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Andijon shahrida prezident tashrifi arafasida ehtiyojmand ayollarga uy berilib, prezident ketganidan so‘ng uylar qaytib olingani haqidagi vaziyatni o‘rganib chiqdi,Andijon viloyati hokimligi tomonidan ko‘zbo‘yamachilikka yo‘l qo‘yilganini aniqladi, deb xabar qilmoqda muassasa.

“O‘rganishlar shuni ko‘rsatdiki, Andijon viloyati hokimligi mutasaddilari 5 nafar ehtiyojmand ishchilarga kottej berilishini va’da qilib, ulardan bu haqida ommaviy axborot vositalariga intervyular olinishiga erishib, kottejlarga ularni uy egasi sifatida kiritib qo‘yib, biroq yakunda ularga kottej ajratmasdan, ko‘zbo‘yamachilikka yo‘l qo‘ygan”, - deyilgan xabarda.

Ushbu munosabat bilan Bosh prokuratura Andijon viloyat hokimi nomiga zudlik bilan aybdor shaxslarning intizomiy javobgarligi masalasini hal qilish hamda bu kabi holatlarga chek qo‘yish choralarini ko‘rish to‘g‘risida taqdimnoma kiritilgan.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekiston 24” telekanali orqali 2019-yil 31-mart, 3-may va 16-may kunlari “Mustaqillik tikuvchilik majmuasi” MChJning uy-joyga muhtoj bo‘lgan 6 nafar ishchilari ishtirokida, ularga sovg‘a sifatida kottej berilganligi haqida lavhalar ko‘rsatilgan, 16-may kuni ular oila a’zolari bilan birga ushbu kottejlarga kiritib qo‘yilgan. Prezident tashrifi yakunlanganidan so‘ng, ushbu uylardan beshtasi olib qo‘yilgan.

Yangiliklar lentasi
0