TOShKENT, 11 yanv – Sputnik. Rossiyaning "Tatneft" kompaniyasi O‘zbekistonda bahor oyida AYoQSh tarmog‘i qurishni rejalashtirmoqda. Birinchi bosqichda Toshkent viloyatida 22 ta yoqilg‘i qo‘yish shahobchalari quriladi, deb xabar qildi RIA Novosti viloyat ma’muriyati vakiliga asoslanib.
“Tatneft” loyihasi bahor oyida boshlanadi. Birinchi bosqichda Toshkent viloyatida 22 ta AYoQSh qurish rejalashtirilmoqda”, - dedi ma’muriyat vakili.
U 2018-yil dekabr oyining oxirida Rossiya neft kompaniyasi O‘zbekiston adliya vazirligida Nurafshondagi xom-ashyo yetkazib beruvchi filial “Tatneft-AZS-Tashkent” MChJni ro‘yxatdan o‘tkazganini qo‘shimcha qildi.
“Tatneft” O‘zbekistondagi AYoQShlariga o‘z yoqilg‘isini yetkazib beradi. Tayyor mahsulotlarini saqlash uchun "O‘znefteprodukt" AJ rezurvuarlarini ijaraga oladi.
Agar loyiha amalga oshsa, “Tatneft” O‘zbekistondagi Rossiya avtomobil yoqilg‘isini chakana sotuvchi uchinchi kompaniya bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda Gas Project Development Central Asia (Gazprom International) ishtirokida tuzilgan Jizzakh Petroleum qo‘shma korxonasi avtomobillarga import bo‘yicha olib kelingan yoqilg‘ilarni sotuvchi AYoQSh tarmog‘ini ishga tushirgandi. O‘tgan yil mart oyida “Lukoyl” O‘zbekistonda birinchi AYoQSh ochgandi.
“Tatneft” - Rossiya neft kompaniyasi hisoblanadi va 1950-yilda tashkil topgan. Kompaniya shtab-kvartirasi Almetyevsk shahrida (Tatariston) joylashgan. Rossiyada neft qazib olish bo‘yicha beshinchi o‘rinda turadi.