Benzin, Wi-Fi va qahva: Toshkentda "Lukoyl"ning ilk AYoQShi ochildi

© lukoil.ruLukoyl otkril pervuyu AZS v Uzbekistane
Lukoyl otkril pervuyu AZS v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu yerda haydovchilar qaynoqqina qahva ichishlari hamda bepul internetdan foydalanishlari mumkin

TOShKENT, 20 mar — Sputnik. "Lukoyl" O‘zbekistondagi birinchi avtomobillarga yonilg‘i quyish stansiyasini ochdi, benzin va dizel yonilg‘isi chakana savdosi bilan kompaniyaning sho‘’ba korxonasi — "Lukoyl Uznefteprodukt" MChJ shug‘ullanadi. Bu haqda "Lukoyl" matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, stansiyadagi barcha mahsulotlar Yevropaning yevro-5 standartiga javob beradi.

"Bu "Lukoyl"ning O‘zbekiston hamda butun Markaziy Osiyodagi birinchi AYoQShi hisoblanadi", — deydi kompaniyaning neft mahsulotlarini sotish bo‘yicha vitse-prezidenti Oleg Pashayev.

Haydovchilar bu yerdagi shinam qahvaxonada qaynoq qahva ichib shirinliklar iste’mol qilishlari, yo‘lda kerak bo‘ladigan mahsulotlarni sotib olishlari mumkin. AYoQSh mijozlariga Wi-Fi tarmog‘i orqali bepul internet taqdim etiladi.

Yangiliklar lentasi
0