O‘zbekiston va Rossiya transportda yuk tashish hajmini oshiradi

© Sputnik / Yevgeniy Karasev / Mediabankka o‘tishVoditel furi na tamojennom postu v Chernyaxovske.
Voditel furi na tamojennom postu v Chernyaxovske. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2018 yilda ikki davlat o‘rtasida avtomobilda tashilgan yuk hajmi 888,5 ming tonnani tashkil etgan. Bu 2017-yilgi ko‘rsatkichlardan 48 % ga ortiq deganidir.

TOShKENT, 16-iyul - Sputnik. Moskva shahrida avtomobil tashuvlari masalalari bo‘yicha O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Gruzovie furi  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yuklarni tashish uchun elektron platforma yaratiladi

O‘zbekiston Transport vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, avtomobil va daryo transportini rivojlantirish departamenti boshlig‘i o‘rinbosari Avazjon Tursunov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasi transport vazirligi vakillari bilan uchrashdi. Jumladan, “Rosavtotrans” bosh direktori Aleksey Dvoynix bilan davlatlar o‘rtasida o‘zaro yuk tashish hajmini oshrish bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan muzokara bo‘lib o‘tdi. 

Xabarda yozilishicha, uchrashuv qatnashchilari ikki tomonlama savdo-sotiq munosabatlari rivojlanib borayotganini, davlatlar o‘rtasida avtomobilda yuk tashish ko‘rsatkichlari sezilarli o‘sganini qayd etishdi.

2018 yilda ikki davlat o‘rtasida avtomobilda tashilgan yuk hajmi 888,5 ming tonnani tashkil etgan. Bu 2017-yilgi ko‘rsatkichlardan 48 % ga ortiq deganidir. Import tashuvlari 29 % ga, eksport tashuvlari esa 75,5 % ga ortgan. 2019 yilning birinchi choragida esa ikki tomonlama yuk tashuvlari hajmi 211,8 ming tonnani tashkil etgan. Bu 2018-yilning huddi shu davri bilan solishtirganda 74,2 % o‘sishga erishilganini anglatadi. Jumladan import tashuvlari xajmi 1,5 marotabaga, eksport esa deyarli 2 foizga ko‘paygan. 

Texnika na stroyploshadke - Sputnik O‘zbekiston
Avtotransportda yuklarni tashish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi

“Uchrashuvda milliy tashuvchilarning mavjud ehtiyojlarini inobatga olib, uchinchi davlatlardan yoki uchinchi davlatlarga tashuvlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma blankalarini joriy yilda 5000 taga qadar ko‘paytirishga kelishib olindi. Bir oy davomida qo‘shimcha 1000 ta ruxsatnoma blankalarini almashtirish rejalashtirildi. Ikki davlat o‘rtasida transportda tashuvlar hajmini ko‘paytirish uchun qulay sharoitlarni yaratish maqsadida tomonlar 2020-yil uchun ruxsatnoma blankalari sonini 6000 ta etib belgilashga kelishib olishdi”, - deyiladi xabarda.

Shuningdek, muzokaralar davomida ikki davlat o‘rtasida yo‘lovchilarni muntazam ravishda tashishni tashkil etish, xalqaro avtomobil tashuvlari sohasida normativ-huquqiy hujjatlar bazasi to‘g‘risida ma’lumot almashish masalalari muhokama etildi.

Yangiliklar lentasi
0