O‘zbekistonda yuklarni tashish uchun elektron platforma yaratiladi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy, STF / Mediabankka o‘tishGruzovie furi
Gruzovie furi  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Platforma yuklarni eksport-import qilishda transportda tashish bilan bog‘liq ma’lumotlarni to‘plash, ishlov berish va tahlil qilish imkonini beradi.

TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda xalqaro multimodal transport-logistika markazining elektron platformasi yaratiladi. Tegishli qaror Toshkent shahridagi Inha universiteti, O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi hamda «O‘zavtotrans» agentligi tomonidan qabul qilindi.  Tomonlar hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladilar.

Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie po chistote territoriy i zdorovyu naseleniya - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev yo‘lovchi tashish transporti tizimi bilan bog‘liq muammolarni tanqid qildi

Universitetning matbuot xizmati ta’kidlashicha, loyihada yuklarni eksport-import qilishda transportda tashish bilan bog‘liq ma’lumotlarni to‘plash, ishlov berish va tahlil qilish, shuningdek ularni tezkor va o‘rta muddatli rejalashtirish, eksport-import yuklarni tashishda transportda tashish va omborga joylashtirishni qulaylashtirish, transport xarajatlarini qisqartirish, kelishtirish hisobiga yetkazib berish va ombor operatsiyalarining samaradorligini oshirish, logistika jarayonini barcha ishtirokchilarning aniq hisob-kitoblar va oqilona harakatlar yagona elektron platformasini yaratish ko‘zda tutilgan.

Avtomobilda yo‘lovchi va yuk tashish elektron rasmiylashtiriladi ˃˃˃

Shuningdek, Toshkent shahridagi Inha universiteti «O‘zavtotrans» agentligi xodimlari bilan birgalikda universitet professor-o‘qituvchilari, talabalarni jalb qilgan holda platformadan foydalanish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar, qisqa muddatli o‘qish, malakaviy seminarlar, treninglar, master-klasslarni tashkil etadi.

Yangiliklar lentasi
0