Avtotransportda yuklarni tashish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi

© Sputnik / Igor Onuchin / Mediabankka o‘tishTexnika na stroyploshadke
Texnika na stroyploshadke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qaror talablariga asosan qurilish obyektlaridan umumiy foydalaniladigan yo‘llarga kuzov va g‘ildiraklarni yuvmasdan chiqishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

TOShKENT, 30-may — Sputnik. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi qarori bilan O‘zbekistonda avtomobil transportida yuklarni tashish qoidalariga o‘zgartirish kiritildi, deb xabar qildi Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" Telegram-kanali.

Endilikda ushbu qaror talablariga asosan qurilish obyektlaridan umumiy foydalaniladigan yo‘llarga kuzov va g‘ildiraklarni yuvmasdan chiqishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Shuningdek, qurilish materiallarini, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini, sanoat va oziq ovqat tovarlarini, shuningdek boshqa to‘kiladigan yuklarni (issiq asfalt, yirik gabaritli va og‘ir yuklardan tashqari) ochiq avtotransport vositalarida tashishda yuk majburiy tartibda brezent yoki boshqa qalin material bilan qoplanishi lozim.

Yangiliklar lentasi
0