Iqtisod

Irgashev: Oʻzbekistonning barcha sayi-harakatlari Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatishga qaratilgan

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaIsmatulla Irgashev, Spetsialnыy predstavitel Prezidenta Respubliki Uzbekistan po Afganistanu
Ismatulla Irgashev, Spetsialnыy predstavitel Prezidenta Respubliki Uzbekistan po Afganistanu - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekiston prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatilishi uchun Oʻzbekiston qanday ishlarni amalga oshirayotgani va Surxon-Puli-Xumri loyihasi qachondan ishga tushirilishi haqida gapirdi

TOSHKENT, 16 iyul - Sputnik. 2018 yil 20 iyun kuni Termiz shahrida Oʻzbekiston va Afgʻoniston davlat va xususiy sektorlari vakillari oʻrtasidagi muzokaralarning birinchi raundi boʻlib oʻtgan edi. Bugun Toshkent shahrida ushbu muloqot davomi sifatida ikkinchi raund uchrashuvlar oʻtkazildi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Ministr inostrannыx del Respubliki Uzbekistan Abdulaziz Kamilov vstretilsya s naznachennыm Chrezvыchaynыm i Polnomochnыm Poslom Islamskoy Respubliki Afganistan Axmadom Xolidom Elmiy. - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Kamilov Afgʻoniston elchisi bilan munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildi

Tadbir davomida soʻzga chiqqan Oʻzbekiston prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev oxirgi uch-toʻrt oy ichida Oʻzbekiston-Afgʻoniston munosabatlarida katta oʻzgarishlar yuz berganini aytib oʻtdi.

"Birinchi iyun kuni Oʻzbekiston va Afgʻoniston munosabatlarida tarixiy voqea yuz berdi – birinchi marta Oʻzbekiston bosh vaziri (Abdulla Aripov) Afgʻonistonga tashrif buyurdilar va juda katta tadbir – koʻrgazma ochilishi, biznes forum oʻtkazilishida ishtirok etdilar. Afgʻoniston TIV rahbari Abdulla Abdulla ishtirokida oʻtgan muzokaralar shuni koʻrsatadi-ki, ikki xalq bir-biriga juda ham yaqin, ikki xalq bir-biri bilan yaxshi munosabat, yaxshi savdo qilishni istaydi. Ikki xalq bir-biriga tayanib, Afgʻonistonda tinchlikni oʻrnatishga harakat qilish niyati bor. Oʻzbekiston prezidenti boshchiligida amalga oshirilayotgan bu barcha ishlarning pirovard natijasi - Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatishga qaratilgan", - dedi Irgashev.

Irgashevga koʻra, Oʻzbekiston Afgʻonistonda qancha koʻp ishchi joylarini yaratadigan boʻlsa, qancha koʻp afgʻon yoshlari va qizlarini oʻqitib, ularga ilm bersa, Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatilishini shu qadar yaqinlashgan boʻladi.

"Bu faqatgina savdo, bu faqatgina biznes emas - bu tinchlik uchun harakat. Biz iqtisodiyotni koʻtarish, savdoni koʻtarish orqali Afgʻonistonda tinchlik muzokaralarini boshlash uchun zamin yaratish niyatini oʻz oldimizga qoʻyganmiz. Shu nuqtai-nazardan bugungi tadbirimizni juda ham muhim, deb hisoblayman", - dedi u.

Diplomatning aytishicha, Oʻzbekiston Afgʻoniston yoshlari va qizlarini ilmli qilish, ularga bilim berish nuqtai nazaridan juda katta ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Sotrudnichestvo Uzbekistana i Afganistana - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Afgʻoniston prokurorlari Oʻzbekistonda oʻqiydi

Termizda maxsus tuzilgan taʼlim markazida 100ga yaqin kishi oliy maʼlumotli diplomlarni qoʻliga olib, Afgʻonistonga qaytdi. Ular shu yil kuzdan Afgʻonistonda ish boshlaydilar va afgʻon hukumatiga, afgʻon iqtisodiga oʻzlarining hissalarini qoʻshadilar. Termizdagi ushbu markazda koʻptomonlama hamkorlik tashkil etilgan.

"Ushbu taʼlim markazida, Yevropa hamjamiyati, Xitoy davlati ishtirokida afgʻon yoshlari taʼlim-tarbiyasiga oid dasturlarni amalga oshirish niyatidamiz. <…> Bu ishlarimizni kengaytirishimiz kerak, niyatimiz afgʻon hukumati bilan birgalikda bu markazda taʼlim oladigan yoshlar sonini 300 nafarga yetkazishdir", - dedi Irgashev va Oʻzbekiston malakali ishchilarni tayyorlashda ham Afgʻonistonga yaqindan koʻmak berishini qoʻshimcha qildi.

Xususan, Oʻzbekiston prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakiliga koʻra, "Mozori-Sharif – Hirot" temir yoʻl qurilishi Afgʻonistonda malakali ishchilar soni koʻpayishiga olib keladi. Chunki Oʻzbekiston ushbu loyiha orqali taxminan 30 mingga yaqin afgʻonlarga ish topib berish imkoniyatiga ega boʻladi. "Umid qilamanki, Afgʻoniston hukumati yaqin kelajakda temir yoʻl kengligi boʻyicha, qaysi standartda qurish boʻyicha yakuniy bir qarorni qabul qiladi va Afgʻoniston uchun juda muhim boʻlgan bu loyihani biz amalga oshirishni boshlaymiz", - dedi Irgashev.

Ertaga, 17 iyul kuni, Oʻzbekiston-Afgʻoniston qoʻshma komissiya yigʻilishida Surxon-Puli-Xumri loyihasi imzolanishi va ikki davlat ushbu loyihani toʻlaqonli amalga oshirishni boshlashi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0