Kamilov Afg‘oniston elchisi bilan munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildi

Obuna bo‘lish
Elchi O‘zbekiston tomoniga afg‘onlararo muloqot mexanizmlarini boshlashga salmoqli hissa qo‘shgani uchun tashakkur izhor etdi.

TOShKENT, 15-iyul – Sputnik. 15 iyul kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Afg‘oniston Islom Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Ahmad Holid Elmiy bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Ishonch yorliqlari nusxasini qabul qilgan vazir elchini samimiy qutladi va birgalikda O‘zbekiston-Afg‘oniston munosabatlarini mustahkamlash va kengayishga ishonch bildirdi.

“Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama qilindi”, - deyiladi xabarda.

Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s prezidentom Islamskoy Respubliki Afganistan Ashrafom Gani. - Sputnik O‘zbekiston
Ashraf G‘ani Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi

Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish va O‘zbekistonning Afg‘onistondagi infratuzilma va ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etishidan tomonlar manfaatdorligi tasdiqlandi.

Xabarda Afg‘onistondagi ko‘p yillik mojarolarni tinch yo‘l bilan hal qilish jarayonlariga alohida e’tibor qaratilgani qayd etilgan.

Elchi prezident Muhammad Ashraf G‘ani nomidan prezident Shavkat Mirziyoyevga Afg‘onistonni doimiy qo‘llab quvvatlagani uchun chuqur minnatdorchilik bildirdi va O‘zbekiston tomoniga afg‘onlararo muloqot mexanizmlarini boshlashga salmoqli hissa qo‘shgani uchun tashakkur izhor etdi. Bunga o‘tgan yil mart oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Afg‘oniston bo‘yicha nufuzli xalqaro konferensiya sezilarli turtki berdi.

Uchrashuvda, shuningdek, bo‘lajak qo‘shma tadbirlar kun tartibi va jadvali, jumladan, Toshkent shahrida o‘tkazishilishi rejalashtirilayotgan Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha qo‘shma hukumatlararo komissiyaning birinchi majlisi yuzasidan fikr almashildi.

Yangiliklar lentasi
0