Afg‘oniston prokurorlari O‘zbekistonda o‘qiydi

© Generalnaya prokuratura UzbekistanaSotrudnichestvo Uzbekistana i Afganistana
Sotrudnichestvo Uzbekistana i Afganistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Afg‘oniston Bosh prokuraturalari tajriba va axborot almashish, kadrlar tayyorlashda hamkorlik qilishga kelishib olishdi.

TOShKENT, 18-iyun - Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan Afg‘oniston Islom Respublikasi Bosh prokuraturasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi, deb xabar qilda prokuratura matbuot xizmati.

Prokuratura - Sputnik O‘zbekiston
Andijon hokimligi ko‘zbo‘yamachilikka yo‘l qo‘ygan – Bosh prokuratura

Dushanba kuni O‘zbekiston bosh prokurori Otabek Murodov Afg‘oniston islom respublikasi bosh prokurori Moxammad Farid Xamidi boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda  ikki davlat Bosh prokuraturalari  o‘rtasidagi hamkorlik professional aloqalarni yo‘lga qo‘yish va shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirish orqali izchillik bilan rivojlanayotganligi ta’kidlandi.

Shuningdek, o‘zaro manfaatli bo‘lgan keng qamrovli masalalarni muhokama qildilar va idoralararo hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha fikr almashdilar. Xususan, Afg‘oniston prokuraturasi organlari xodimlarini O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Akademiyasida o‘qitish masalasi muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida Afg‘oniston bosh prokurori Xamidi samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, o‘zaro manfaatli idoralararo hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyorligini ta’kidladi.

Yangiliklar lentasi
0