Deputatlar avtomobil oynalarini parda bilan to‘sishga ruxsat berish bo‘yicha taklif kiritdi

© Sputnik / Ruslan KrivobokReyd GIBDD po viavleniyu avtomobiley s tonirovannimi steklami
Reyd GIBDD po viavleniyu avtomobiley s tonirovannimi steklami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni kunlarda jazirama issiq tufayli avtomobilda harakatlanayotgan yo‘lovchi va haydovchilarning quyosh nurlaridan himoyalanishga ehtiyoji ortib borayotganligi barchaga ma’lum. Shuni inobatga olgan bir guruh deputatlar avtomobil oynalarini parda bilan to‘sishga ruxsat berish tashabbusi bilan chiqishdi.

TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari Abdurashid Abduqodirov, Rasul Kusherboyev, Bekzod Ortiqov, Jamshid Pirmatov avtomobillar oynalarini parda bilan to‘sishga ruxsat berish bo‘yicha taklif kiritdi. Bu haqda deputat Rasul Kusherbayev telegramdagi kanalida ma’lum qildi.

Avtomobil s tonirovannimi steklami - Sputnik O‘zbekiston
“Tonirovka” uchun jarima keskin oshirilishidan nima maqsad – YHBB javobi

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-dekabrdagi 370-son qarori qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l harakati qoidalari”da Transport vositalaridan foydalanishni taqiqlovchi shartlardan bir sifatida barcha transport vositasining old, yon va orqa oynalarining yorug‘lik o‘tkazuvchanligi 70 foizdan kam bo‘lishi belgilangan.

“Shu bilan birga, masalaning qonuniy yechimi sifatida jismoniy shaxslar uchun eng kam oylik ish haqining to‘qson baravari, yuridik shaxslar uchun eng kam oylik ish haqining bir yuz yigirma baravari, O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy davlatlar yuridik shaxslari uchun eng kam oylik ish haqining bir yuz qirq baravari miqdoridagi to‘lov evaziga ichki ishlar organlari ruxsatnomasi asosida oynalarining tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalaridan foydalanishga ruxsat berilgan.

Mazkur tartibga rioya etilmagan holatlarda esa Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 126-moddasiga asosan eng kam ish haqining yigirma besh baravaridan qirq baravari miqdorigacha jarima to‘lash belgilangan.

Aholi va jamoatchilikning fikri asosida xulosa qilinsa, bunday tartib va qoidalarning amalga tatbiq etilishida bir qator o‘ziga xos xususiyatlar inobatga olinmagan. Jumladan:

  • mamlakatimiz nisbatan issiq ob-havo kuzatiladigan iqlim mintaqasida joylashganligi;
  • issiq va quyoshli kunlarda avtomobil egalari va undagi yo‘lovchilarning issiqdan va quyosh nurlaridan himoyalanishi huquqi uchun pul to‘lashga to‘g‘ri kelayotganligi, bunga imkoniyati bo‘lmaganlarga esa issiqdan va quyosh nurlaridan himoyalanishi uchun qonuniy tartiblar mavjud emasligi;
  • oynalarining tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalaridan foydalanishga ruxsat olish uchun belgilangan to‘lov miqdori ayrim yangi avtomobil qiymatining 30 foizidan, hattoki ba’zi avtomobillarning ikkilamchi bozordagi narxining 50 foizidan ham ko‘pni tashkil etayotganligi;
  • aholi o‘rtasida jamiyatimizda aholining boy va kambag‘al qatlamga ajratib qo‘yilmoqda, degan tushuncha paydo bo‘layotganligi;
  • qonun hujjatlarida “haydovchining o‘rnidan tevarak-atrofni ko‘rish” tushunchasiga tushuntirish mavjud emasligi inobatga olinmagan.

Shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan to‘lov evaziga oynasining tusini o‘zgartirishga ruxsat olib o‘zgartirgan yengil avtotransport vositalarini tekshirish uchun tez-tez to‘xtatilayotganligi va ularning qimmatli vaqtlari yo‘qotilayotganligi ham fuqarolarning noroziligiga sabab bo‘lmoqda.

Mazkur masalada Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlariga ham saylovchilar tomonidan shu mazmundagi murojaatlar ko‘payganligi muammoning dolzarbligini anglatadi.

Ushbu murojaatlar bo‘yicha qonun hujjatlari va yigirmaga yaqin (Buyuk Britaniya, Polsha, Shvetsiya, Fransiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va h.k.) xorijiy davlatlar tajribalarini o‘rganib chiqildi.

Avtomobilnoe dvijenie v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Alkogol, telefon va tonirovka: Toshkentda yana nimalar uchun haydovchilar jarimaga tortildi

Natijada, avvalo xavfsizlik masalalarini inobatga olgan holda yo‘lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan va haydovchining o‘rindig‘idan tashqari o‘rindiqlar soni 8 tadan oshmaydigan avtotransport vositalari uchun avtotransport vositalarining ikki yoniga o‘rnatilgan orqa tomon ko‘rinishini ta’minlaydigan tashqi ko‘zguni haydovchining o‘rnidan ko‘rishga xalaqit bermagan holda orqa va yon oynalariga chiy parda yoki darparda o‘rnatilishiga hech qanday to‘lovlarsiz ruxsat berilishi maqsadga muvofiq, degan xulosaga kelindi.

Shundan kelib chiqib, bir guruh deputatlar tomonidan vakolatli davlat organlariga amaldagi “Yo‘l harakati qoidalari”ning tegishli bandiga haydovchining o‘rindig‘idan tashqari o‘rindiqlar soni 8 tadan oshmaydigan avtotransport vositalari uchun ikki yoniga o‘rnatilgan orqa tomon ko‘rinishini ta’minlaydigan tashqi ko‘zguni haydovchining o‘rnidan ko‘rishga xalaqit bermagan holda orqa va yon oynalariga chiy parda yoki darparda o‘rnatishga bepul asosda ruxsat berishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritish haqidagi takliflar taqdim etildi”, - deya yozadi Rasul Kusherbayev.

O‘zbekistonda chet el avtomashinalaridan “tonirovka” uchun yig‘imni undirish tartibi tasdiqlandi

Xabarda ta’kidlanishicha, deputatlar ko‘p ming sonli fuqarolarning murojaatlari asosida taqdim etilgan ushbu taklif yuzasidan mas’ullarning munosabati natijalari haqida tez kunlarda albatta ma’lum qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0