“Tonirovka” uchun jarima keskin oshirilishidan nima maqsad – YHBB javobi

© Sputnik / Ruslan KrivobokReyd GIBDD po viavleniyu avtomobiley s tonirovannimi steklami
Reyd GIBDD po viavleniyu avtomobiley s tonirovannimi steklami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Tonirovka” qilish majburiy talab emas, ixtiyoriy. Maqsadimiz – oynalarni qonunga xilof ravishda qoraytirishning oldini olish”, – dedi Yo‘l harakati Bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Erali Bozorov.

TOShKENT, 30-may – Sputnik. Bugun O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi mutasaddilari ishtirokida jurnalistlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi.

Avtomobili v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
IIV kunduzi chiroqlarni yoqib harakatlanish talabi bo‘yicha izoh berdi

OAV vakillari “tonirovka”, ya’ni oynalarni qoraytirish uchun Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan jami nechta odamga ruxsatnoma berilgani va davlat g‘aznasiga qancha pul tushgani haqida savol berdi.

“Men hozir statistik ma’lumotlarni olib kelmaganman, – dedi IIV Yo‘l harakati Bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Erali Bozorov. – Lekin shunisi aniqki, respublika bo‘yicha oynalarini qoraytirgan fuqarolarning soni umumiy transport soniga nisbatan hisoblaganda 0,5 foizni ham tashkil qilmaydi”.

Jurnalistlar ruxsatnoma olmasdan “tonirovka” qilganlik uchun jarima miqdorining keskin oshirilishidan maqsad nima ekanini so‘radi.

“Biz bilmaymizku, oynasini ruxsatnoma olmasdan qoraytirib olgan haydovchi qayerda nima ish qilib yuripti. Ko‘pchilikning maqsadi boshqa bo‘lishi mumkin. Qolaversa, “tonirovka” qilish majburiy talab emas, ixtiyoriy. Maqsadimiz – oynalarni qonunga xilof ravishda qoraytirishning oldini olish”, – dedi Erali Bozorov.  

Yangiliklar lentasi
0