Alkogol, telefon va tonirovka: Toshkentda yana nimalar uchun haydovchilar jarimaga tortildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAvtomobilnoe dvijenie v Tashkente
Avtomobilnoe dvijenie v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sakkiz kun davomida svetoforning taqiqlovchi signaliga bo‘ysunmasdan o‘tish bo‘yicha 47 ta holat qayd etilgan.

TOShKENT, 1 fev - Sputnik. YHXB xodimlari 8 kun ichida, 23-yanvardan 30-yanvargacha Toshkent yo‘llarida 3249 ta yo‘l harakati qoidalari buzganlik holatini aniqladi, deb xabar qildi Toshkent IIBB  matbuot xizmati.

Spirtli ichimlik ta’siri ostida 51 ta haydovchi yo‘lga chiqib, transport vositasini boshqargan. 119 nafar haydovchi transport vositalarini tegishli hujjatlarsiz boshqarib, tekshirish vaqtida tegishli hujjatlarni taqdim eta olmagan. Yana 18 nafar haydovchilar YPX inspektorining to‘xtash  haqidagi talabiga bo‘ysunmagan. 18 nafar haydovchi tegishli ruxsatnomasiz mashina oynalarini qoraytirishgan.

Proverka dokumentov sotrudnikami GIBDD v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda reydning ilk kunida nechta qarzdor haydovchi aniqlandi?

Shu sakkiz kun davomida svetoforning taqiqlovchi signaliga bo‘ysunmasdan o‘tish bo‘yicha 47 ta holat qayd etilgan. Haydovchilar 293-marta quvib o‘tish qoidalarini buzishgan. Transport vositasini boshqarish jarayonida telefondan qo‘llangani uchun 60 nafar haydovchi jarima tortilgan. Toshkent yo‘llarida 95 ta kichik to‘qnushuv holatlari sodir bo‘lgan.
Taqqoslash uchun: yanvar oyining boshida to‘rt kun ichida YPX xodimlari Toshkentda 1,4 ming huquqbuzarlikni qayd etishgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 30-yanvardan Toshkent shahar IIBB YHXB, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi MIB xodimlari bilan hamkorligida yo‘l harakati qoidalarini buzganligi uchun jarimani o‘z vaqtida to‘lamagan haydovchilarni aniqlash va ularning avtotransport vositalarini jarima maydonchalariga kiritish tadbirlari boshlangan edi. Toshkentda yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun va jarimani o‘z vaqtida to‘lamagan haydovchilarni aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirning ilk kunida 467 transport vositasi to‘xtatildi, ulardan 389 nafar haydovchilar “joyida” bankning eng yaqin filialida jarima to‘lashdi. Tadbirning ilk kunida  jami 71.5 mln so‘m jarima undirildi.

Yangiliklar lentasi
0