O‘zbekistonda 1-avgustdan ish haqi, pensiya va stipendiya miqdori oshiriladi

© SputnikKupuri nominalom patdesat tisach sumov
Kupuri nominalom patdesat tisach sumov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2019 yilning 1-avgustdan boshlab budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori o‘rta hisobda 10% ga oshiriladi.

TOShKENT, 12-iyul – Sputnik. Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risidagi prezident farmoni qabul qilindi.

Kalendar - Sputnik O‘zbekiston
Gaz va elektr energiyasi uchun yangi tariflar qachon e’lon qilinishi ma’lum qilindi

Farmon bilan 2019-yilning 1-avgustdan boshlab budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori o‘rta hisobda 1,1 (10%)  baravar oshirildi.

2019 yilning 1-avgustdan boshlab O‘zbekiston hududida eng kam:

- ish haqi – oyiga 223 000  so‘m;

- yoshga doir pensiyalar – 436 150 so‘m;

- bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa – oyiga 436 150  so‘m;

- zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 267 650 so‘m miqdorida belgilandi.

2019 yil 1-avgustdan boshlab:

Spetsialisti predpriyatiy AO Uzbekneftegaz poluchili noviy promishlenniy pritok prirodnogo gaza s razvedochnoy skvajini №7 mestorojdeniya Uchtepa  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonning olis qishloqlari qachon gazlashtiriladi - "O‘zbekneftgaz" javobi

- II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning nogironlik pensiyalari eng kam miqdori yoshga doir eng kam pensiyaning 50 foizidan 75 foiziga oshiriladi;

- II guruh nogironligi bo‘lgan yolg‘iz shaxslar – pensionerlarning pensiyalariga ustama miqdori eng kam ish haqining 50 foizidan 75 foiziga oshiriladi;

- boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi miqdori mehnatga layoqatsiz oila a’zolari soniga amaldagi foizlar nisbati saqlangan holda yoshga doir pensiyaning eng kam miqdoridan kelib chiqib belgilanadi.

2019 yilning 1-avgustidan I guruh nogironlik nafaqasi, shuningdek, 16 yoshdan katta bolalikdan I guruh nogironlik nafaqasi oluvchilarga har oyda eng kam ish haqining 25 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov joriy qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0