O‘zbekistonning olis qishloqlari qachon gazlashtiriladi - "O‘zbekneftgaz" javobi

© Press-slujba "Uzbekneftegaza"Spetsialisti predpriyatiy AO "Uzbekneftegaz" poluchili noviy promishlenniy pritok prirodnogo gaza s razvedochnoy skvajini №7 mestorojdeniya "Uchtepa"
Spetsialisti predpriyatiy AO Uzbekneftegaz poluchili noviy promishlenniy pritok prirodnogo gaza s razvedochnoy skvajini №7 mestorojdeniya Uchtepa  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xususan, yaqin kelajakda hududiy gaz ta’minoti bazasida "Xududgazta’minot" AJ tashkil etilib, gaz taqsimlash tarmoqlarini va tegishli uskunalarni ekspluatatsiya qilish, mamlakat iste’molchilarini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta’minlash bilan shug‘ullanadi

TOShKENT, 12-iyul - Sputnik. Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida 17ta qishloqni qaytadan gazga qo‘shish imkoniyati bor. Tumanni qayta gazga ulashning eng asosiy talabi - bu hisob tizimini joyiga qo‘yish va enenergotejamkor uskunalardan foydalanishdir, dedi bugun jurnalistlar bilan uchrashuvda "O‘zbeknefgaz" AJ boshqaruvi raisi Bahodir Sidiqov.

Novoe gazovoe mestorojdenie v Andijane - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 2ta yangi gaz koni topildi

O‘zbekneftegaz rahbarining so‘zlariga ko‘ra, agar shu talablarga amal qilinsa, kamida 4 mingga yaqin aholi gaz bilan ta’minlanadi.

U shuningdek, gazoprovod gazi yetkazib berolmayotgan hududlarga suyultirilgan gaz yetkazib berish hamda Energetika vazirligi bilan birgalikda bunday hududlar arzon ko‘mir bilan uzluksiz ta’minlash masalasi ham ko‘rib chiqilayotganini aytib o‘tdi.

Sidiqov gaz narxi oshirilishi atrofida ko‘tarilgan shov-shuvlarga ham o‘z munosabatini bildirdi va gaz narxini oshirishdan ko‘zlanayotgan maqsad daromad ko‘rish emasligiga ahamiyat qaratdi.

"Mana, gaz narxi oshishi e’lon qilingach, ijtimoiy tarmoqlarda vahima ko‘tarilib ketdi. Aslida oshadigan foizi - 16-17%, lekin unga ketayotgan harajat-chi? Shu kechayu-kunduzda "O‘zbekneftgaz" ichidagi muammolarni hal qilishimiz uchun biz gaz narxini ikki barobar oshirishimiz kerak. Shu taklifni muhtaram Prezidentimizga bergan edik, lekin judayam katta tanbeh bilan qaytib chiqdik. "Mumkin emas!", deyildi. Shundan keyin ichki rezervlarimizni ko‘rdik, nima qilsak oldimizda turgan muammolarni hal etsak bo‘ladi degan savolni qayta ko‘rib chiqdik. Biz oldimizda turgan muammolarning 20 %ini narx oshirish hisobiga hal qilayapmiz, qolgan 80% ini  davlat yordami va ichki rezervlardan to‘g‘irlayapmiz", - dedi u.

Gazovaya stansiya kompanii Lukoyl v Djarkuduke, Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Endi "Lukoyl" O‘zbekiston ichki bozoriga ham gaz yetkazib beradi

Sidiqov shuningdek, gaz bilan ta’minlash masalasi qachon o‘z yechimini topishi masalasiga ham to‘xtaldi.

"Uzoq qishloqlarga gaz quvurini olib borishning iqtisodiy jihatdan foydasi yo‘q. Shu bois, gaz tarqatishni xususiy operatorga berishni rejalashtirganmiz. Balki ular boshqacha bir konsepsiya orqali gaz bilan ta’minlash tizimini to‘g‘irlashi mumkindir", - dedi suhbatdosh.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Aholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash, neft-gaz tarmog‘ini moliyaviy sog‘lomlashtirish va uning boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga binoan "O‘ztransgaz" AJni "O‘zbekneftgaz" AJ tarkibidan chiqarish va uning vazifalarini ikkita ustivor yo‘nalishga ajratish belgilangan.

Xususan, yaqin kelajakda hududiy gaz ta’minoti bazasida "Xududgazta’minot" AJ tashkil etilib, gaz taqsimlash tarmoqlarini va tegishli uskunalarni ekspluatatsiya qilish, mamlakat iste’molchilarini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta’minlash bilan shug‘ullanadi.

Yangiliklar lentasi
0