Tashqi yoritish asboblaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun jarima – qonun loyihasi

© autocentrum.ruFara Audi Q7
Fara Audi Q7 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tashqi yoritish asboblaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun jarima belgilashga doir hujjat tayyorlandi.

TOShKENT, 3-iyul – Sputnik. Ichki ishlar vazirligi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida” qonun loyihasini tayyorlanib, umumiy muhokamaga qo‘yildi.

Avtomobili v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
IIV kunduzi chiroqlarni yoqib harakatlanish talabi bo‘yicha izoh berdi

Qonun loyihasida MJTK 128-moddasining birinchi qismi “tashqi yoritish asboblaridan foydalanish qoidalarini buzishi” degan so‘zlardan keyin “(ushbu Kodeksning 1287-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno)” degan so‘zlar bilan to‘ldirish nazarda tutilgan.

Loyihada 1287-modda bilan to‘ldirish taklif etilgan:

“1287-modda. Transport vositalari haydovchilarining kunning
yorug‘ vaqtida yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoki
kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanish qoidalarini buzishi

Transport vositalari haydovchilarining kunning yorug‘ vaqtida yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanish qoidalarini buzishi, –

eng kam ish haqining to‘rtdan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi”.

Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini bu qonunga muvofiqlashtish, davlat boshqaruvi organlari ushbu qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishi va bekor qilishi, shuningdek qonun mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishi haqida vazifalar yozilgan.

Avtomobili na trasse - Sputnik O‘zbekiston
Kunduzi chiroqlarni yoqib yurish evaziga YTHlar 25%ga kamaydi – IIBB

Qonun loyihasi 18-iyulgacha muhokama qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, transport vositalariga chiroqlarni kunduzi yoqib yurish bo‘yicha talab hukumat qarori bilan ikki yilga uzaytirilgandi. Qarorga ko‘ra 2021-yil 1-yanvarga qadar kunduzi chiroqlarni yoqib harakatlanish shartligi to‘g‘risidagi talab faqatgina avtomatik yonib turuvchi kunduzgi chiroqlari bor mashinalarga nisbatan tatbiq etiladi.

Shuningdek, 2020-yil 1-yanvardan boshlab ichki bozor uchun ishlab chiqarilayotgan avtomobillarga sutkaning yorug‘ vaqtida avtomatik yonadigan chiroqlar o‘rnatish majburiy etib belgilanadi. Import avtomobillarning ham shunday avtomatik yonadigan chiroqlari bo‘lmasa, mamlakat ichkarisiga olib kirilishiga ruxsat berilmaydi.

Yangiliklar lentasi
0