TOShKENT, 19-may – Sputnik. Faktlar bilan bahslashib bo‘lmaydi: kunduz vaqtida yoniq bo‘lgan yoritgichlar natijasida yo‘l-transport hodisalari 25 foizga kamaydi, deb xabar qilmoqda Toshkent shahar IIBB.
Xususan, 2018-yilning 10-aprelidan 17-may kunigacha 153 ta YTH sodir bo‘ldi. 2019-yilning 10-aprelidan 17-may kunigacha – 108 ta YTH. Natija: YTH soni 45 taga kamaygan.
Piyodalarni urib yuborish bilan bog‘liq YTHlar soni ham 38taga kamaygan. 2018-yilning 10-aprelidan 17-may kunigacha –75 ta holat bo‘lsa, 2019-yilning 10-aprelidan 17-may kunigacha – 37 ta holat qayd etilgan.
IIBB xabarida aytilishiga ko‘ra, chiroqlarni yoqib yurishning asosiy ustuvorligi shundaki, haydovchi biror harakat amalga oshirishdan oldini orqa oynaga qarashni unutgan taqdirda ham, orqadagi avtomobilning yonib turgan chirog‘ini payqamasdan iloji yo‘q.
“Ba’zi haydovchilar biror bir harakatni amalga oshirishdan oldin yon yoki orqani ko‘rsatuvchi oynalarga qaramasliklarini inobatga olgan holda yangi talabning asosiy maqsadi haydovchilar bir-birlarini ko‘rishlaridadir, orqada yonib turgan yorug‘likni esa payqamaslikning iloji yo‘q. Piyodalar uchun ham KSCh yoniq bo‘lgan avtomobil, shu jumladan kunduz kuni ham sezilarliroq bo‘ldi”, - deyilgan IIBB xabarida.
IIBB, shuningdek, deputatlar dastlab ushbu yangi qoidani kiritishni yoqlash vaqtlarida haq bo‘lishganini va ushbu chora YTHlar sonini kamaytirish va insonlar hayotini saqlab qolishga xizmat qilishi aytib o‘tilgan.
Xabar so‘ngida IIBB haydovchilardan yana bir bor kunduzi chiroqlarni yoqib yurishni va insonlar hayotini saqlab qolishga chaqirgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 10-apreldan kunduzi chiroqlarni yoqib yurish majburiy deb belgilangan edi. Ushbu yangi qoida ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.