IIV kunduzi chiroqlarni yoqib harakatlanish talabi bo‘yicha izoh berdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAvtomobili v Tashkente
Avtomobili v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Havo harorati +35 gradusdan +50 darajagacha bo‘ladigan BAA va Malayziyada transport vositalari uchun yaqinni yorituvchi chiroqlarni yoqib harakatlanish tartibi belgilangan”, – dedi vazir o‘rinbosari Akramxon Boboxonov.

TOShKENT, 30-may – Sputnik. Bugun O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik Akramxon Boboxonov, IIV jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i Qutbiddinxon Burxonov, IIV Yo‘l harakati Bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Erali Bozorov hamda vazirlikning boshqa mutasaddilari ishtirokida brifing va OAV vakillari bilan muloqot bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xabar qildi.

Avtomobili na trasse - Sputnik O‘zbekiston
Kunduzi chiroqlarni yoqib yurish evaziga YTHlar 25%ga kamaydi – IIBB

Yo‘l harakati qoidalariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar, xususan, barcha avtomototransport vositalari uchun kunduzi yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoqib harakatlanish shart qilib qo‘yilgani va bundan ko‘zlangan maqsad haqida izoh berildi.

“Havo harorati +35 gradusdan +50 darajagacha bo‘ladigan BAA va Malayziyada transport vositalari uchun yaqinni yorituvchi chiroqlarni yoqib harakatlanish tartibi belgilangan”, – dedi vazir o‘rinbosari Akramxon Boboxonov.

Vazir o‘rinbosari haydovchilarning kunduzi yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoqib harakatlanish talabiga rioya qilmagani uchun belgilanadigan jarimalar miqdorini xorijiy davlatlarniki bilan taqqosladi.

“Shvetsiyada, milliy valyutamizda hisoblasak, 1 mln 51 ming 836 so‘m, Chexiyada 732 ming 220 so‘m, Estoniyada 1 mln 887 ming 510 so‘m, Ruminiyada 574 ming 829 so‘m jarima solinishiga sabab bo‘ladi”, – dedi Akramxon Boboxonov.

Ichki ishlar vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasi regulation.gov.uz saytida bir oydan ortiq vaqt davomida jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilgani ma’lum qilindi.

Vazir o‘rinbosarining aytishicha, loyiha bilan jami 571 ta fuqaro tanishgan, faqatgina 2 nafar odam kunduzi yaqinni yorituvchi chiroqlarni yoqib harakatlanish haqidagi moddaga e’tiroz bildirgan.

Yangiliklar lentasi
0