Samarqanddagi bog‘chada o‘tkazilgan tekshiruvda 60 nafar bola qurilayotgan bino ichidan topildi

Obuna bo‘lish
Maktabgacha ta’lim vazirligi auditorlari qish mavsumida ularni sovuq zallar va omborxonalarda, hovlidagi shiyponchalarda uchratgan. Ba’zan bolalarda hatto ustki issiq kiyim bo‘lmagan, chunki ularni guruhlardan shoshilinch ravishda chiqarishgan.

TOShKENT, 2-iyul – Sputnik. O‘zbekiston Maktabgacha ta’lim vazirligi  ota-onalarni farzandlari maktabgacha ta’lim tashkilotlariga noqonuniy ravishda qatnashi bilan bog‘liq xavf-xatarlar haqida ogohlantiradi.

V NII detskoy onkologii i gematologii Rossiyskogo Nauchnogo Sentra RAMN imeni N.N. Bloxina. - Sputnik O‘zbekiston
Bog‘cha mudirasi bolalarga iste’molga yaroqsiz suvni bergan

Vazirlik xabarida aytilishiga ko‘ra, MTV Ichki audit xizmati tomonidan 2018-yilda Toshkent shahri va respublika viloyatlarida MTTga tegishli yo‘llanmasiz qatnayotgan 1059 nafar bolalar aniqlangan. 2019-yilning birinchi choragida ushbu ko‘rsatkich 373 nafar bolalarni, shu jumladan 3 yoshga to‘lmagan tarbiyalanuvchilarni tashkil etgan.

“Bunda shuni yodda tutishingiz kerakki, MTT ma’muriyati va pedagoglari rasmiylashtirilmagan tarbiyalanuvchilar uchun javobgar bo‘lmaydi. Maktabgacha ta’lim vazirligi auditorlari qish mavsumida ularni sovuq zallar va omborxonalarda, hovlidagi shiyponchalarda uchratgan. Ba’zan bolalarda hatto ustki issiq kiyim bo‘lmagan, chunki ularni guruhlardan shoshilinch ravishda chiqarishgan. Amaliyotimizda shunday holatlar bo‘lganki, hisobga olinmagan tarbiyalanuvchilarni qurib bitkazilmagan binolarda yashirishgan. Bolalar MTTlarga tegishli tartibda rasmiylashtirilmagan holda qatnayotganda qanday xavf-xatar ostida qolishi va qanday stress holatlarini o‘tkazishini anglayotgandirsiz”, - deydi MTV Ichki audit, moliyaviy va huquqiy nazorat xizmati boshlig‘i Dilshod Normatov.

Xususan, Samarqand shahridagi 58-sonli MTTda tekshirish o‘tkazilganda, 60 nafar bolalar Maktabgacha ta’lim vazirligi auditorlari tomonidan MTT yaqinida qurilayotgan bino hududida aniqlandi.

MTTlarga g‘ayriqonuniy ravishda qatnash boshqa tarbiyalanuvchilar sharoitlariga ham salbiy ta’sir etadi.

“Oshxona xodimlari oziq-ovqat mahsulotlarini guruhlardagi rasmiy tarbiyalanuvchilar sonidan kelib chiqqan holda oladilar. Belgilangan normalarga muvofiq, har bir bolaga muayan miqdorda go‘sht, yormalar, sut va boshqa mahsulotlar ajratiladi. Bunda oziq-ovqat mahsulotlari 30 nafar tarbiyalanuvchilarga ajratiladi, tayyor ovqat esa 35 ta porsiyaga bo‘linadi. Natijada guruhdagi barcha bolalarga belgilanganidan kam hajmda rivojlanish uchun zarur bo‘lgan ozuqa moddalari beriladi. Albatta, oziq-ovqat sifatiga oziq-ovqat mahsulotlarining o‘g‘irlanishi ham ta’sir etadi, biroq, xabaringiz borki, Maktabgacha ta’lim vazirligi maktabgacha ta’lim tizimidagi noinsof xodimlariga qarshi faol kurashmoqda”, - deydi Dilshod Normatov.

Xolodnaya voda iz krana - Sputnik O‘zbekiston
Sirdaryodagi bog‘chada 23 nafar bola zaharlandi

Vazirlik xabarida rasmiylashtirilmagan bolalar uchun to‘lov MTT mudiri tomonidan o‘zlashtirib olinishi, bu esa mamlakatdagi korrupsiya omilini kuchaytirishi ta’kidlangan.

Hisobga olinmagan bolalar masalasini hal etish uchun Maktabgacha ta’lim vazirligi MTTlarda joylarni ko‘paytirish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda. 2019-yilning I choragi holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 8 000 ta MTTlar faoliyat yuritib kelmoqda, ushbu ko‘rsatkich esa 2017-yildagi ko‘rsatkichdan 53 foizga yuqori. Davlat MTTlar soni 812 taga, nodavlat MTTlar soni esa 2 000 taga ko‘paydi (MTTlar sonining keskin o‘sishi 1 200 ta oilaviy MTTlar yuzaga kelishi bilan ifodalanadi). Ko‘rilgan choralar bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish hajmini 38 foizgacha (2017 yildagi 27,7 foizga nisbatan) yetkazish imkonini berdi.

Yangiliklar lentasi
0