Sirdaryodagi bog‘chada 23 nafar bola zaharlandi

Obuna bo‘lish
Bolalar qaynatilmagan suv ichganligi hamda bog‘cha hududidagi o‘rikzordan o‘rik mevasini yaxshi yuvmasdan yeganligi oqibatida kasallik kelib chiqqanligi taxmin qilinmoqda.

TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. Sirdaryodagi bog‘chada 25 kishi ovqatdan zaharlandi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limining xabar qilishicha, 18-19 iyun kunlari Sirdaryo viloyati Boyovut tumani 21-sonli maktabgacha ta’lim muassasasining 23 nafar tarbiyalanuvchisi, 1 nafar tarbiyachisi hamda 1 nafar hamshirasi tana haroratining ko‘tarilishi, ko‘ngil aynishi, qayd qilish, ich ketishi, qorin sohasida og‘riq kabi kasallik belgilari bilan Boyovut tuman tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar bo‘limiga “o‘tkir ichak kasalligi, ovqat toksikoinfeksiyasi” tashxisiga gumon qilinib yotqizilgan.

Starshiy nauchniy sotrudnik Federalnogo issledovatelskogo sentra pitaniya, biotexnologii i bezopasnosti Natalya Denisova  - Sputnik O‘zbekiston
Nima sababdan uy sharoitida tayyorlangan tuzlamalar o‘limga olib kelishi mumkin: ekspert fikri

Bu haqda Dastlabki epidemiologik surishtiruvlar jarayonida mazkur muassasa ichimlik suvi bilan ta’minlanmagani, 17-iyun kuni toza ichimlik suvi tashib keltirilmaganligi natijasida bog‘chaning sanitariya-gigiyena qoidalari holati qoniqarsizligi, shuningdek, bolalar qaynatilmagan suv ichganligi hamda bog‘cha hududidagi mavjud o‘rikzordan o‘rik mevasini yaxshi yuvmasdan yeganligi oqibatida kasallik kelib chiqqanligi taxmin qilinmoqda. O‘rganish va laboratoriya tekshirish ishlari davom etmoqda.

Xabarda bemorlarning ahvoli o‘rta va yengil og‘irlikda, shifoxonada dori- darmonlar yetarli miqdorda, ularga kerakli barcha tibbiy yordam ko‘rsatilayotgani qayd etilgan.

O‘zbekistonliklar uch oy ichida asosan qaysi kasalliklardan vafot etishgan?

Vaziyat Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan nazoratga olingani qo‘shimcha qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentdagi “Oq-tepa lavash” umumiy ovqatlanish shoxobchalarida ovqatdan 49 kishi zaharlangani xabar qilingan edi. Bosh prokuratura mazkur ommaviy zaharlanish yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atgan.

O‘zbekiston noto‘g‘ri ovqatlanishdan o‘lim holatlari darajasi bo‘yicha “yetakchi” bo‘ldi 

Yangiliklar lentasi
0