Namanganda 1,3 mlrd dollarlik investitsiya loyihalarini amalga oshirish tezlashtiriladi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaNamangan predstavil svoy investitsionniy potensial
Namangan predstavil svoy investitsionniy potensial - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu loyihalar prezident Shavkat Mirziyoyevning Namangan viloyatiga tashrifi va Doing business with Namangan Xalqaro investitsiya forumi yakunlariga ko‘ra elchixonalar ishtirokida ishlab chiqilgan.

TOShKENT, 1-iyul - Sputnik. Namanganda 1,3 mlrd dollarlik investitsiya loyihalari amalga oshiriladi.

TIV matbuot xizmatining xabar qilishicha, 1-iyul kuni Namanganda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov va Namangan viloyati hokimi Xayrulla Bozorovning raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish maqsadi Namangan viloyatida investitsiya loyihalarini amalga oshirishni tezlashtirish, ilg‘or va innovatsion texnologiyalarni jalb qilish, mahalliy tovarlarni tashqi bozorga eksport qilish va chet ellik turistlar oqimini ko‘paytirish, mintaqa oliy ta’lim muassasalari va xorijiy universitetlar o‘rtasida sheriklik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘lgan.

Namangan viloyati xorijiy kompaniyalarga o‘z investitsion salohiyatini taqdim etdi - Sputnik O‘zbekiston
Farg‘ona vodiysi yuragi - Namangan xorijlik investorlarga qanday taklif bera oladi?

Yig‘ilishda umumiy qiymati 1,3 milliard AQSh dollari bo‘lgan 100 dan ortiq investitsiya loyihalarini amalga oshirish va o‘zlashtirish bo‘yicha davlat rahbarining ko‘rsatmasi yetkazildi. Ushbu loyihalar prezident Shavkat Mirziyoyevning Namangan viloyatiga tashrifi va Doing business with Namangan Xalqaro investitsiya forumi yakunlariga ko‘ra elchixonalar ishtirokida ishlab chiqilgan. Namangan forumi natijasida umumiy qiymati 350 million AQSh dollariga teng 48 ta investitsiya bitimlari va eksport shartnomalari imzolangan edi.

Xususan, har bir loyiha “TIV – Elchixona – Namangan viloyati hokimligi – viloyatning tegishli idorasi” shaklida tanqidiy tahlil qilindi. Yig‘ilish davomida loyihalarni o‘z vaqtida amalga oshirishga to‘sqinlik qiluvchi qator masalalar amaliy jihatdan hal qilindi.

Osnovatel USM Holdings Alisher Usmanov - Sputnik O‘zbekiston
Alisher Usmonovning puliga Namanganda osmono‘par biznes markaz quriladi

Investitsiya loyihalarini amalga oshirishning joriy masalalarini hal qilish maqsadida viloyatga biriktirilgan elchixonalar tomonidan Namangan viloyati tumanlari hokimliklari rahbarlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishchi aloqa o‘rnatildi.

Shuningdek, elchixonalar, Namangan viloyati hokimligi va vazirliklar vakillari tarkibida sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligi sohalarida investitsiya loyihalarini o‘zlashtirishni jadallashtirish maqsadida ishchi guruh tashkil etish masalasi muhokama qilindi.

Namanganda musiqali kema-fontan ishga tushirildi

Yangiliklar lentasi
0