7-8 iyun kunlari dunyoning 40dan ziyod mamlakatidan tashrif buyurgan kompaniyalar vakillari Namangan shahrida boʻldilar va viloyatning investitsiyaviy salohiyati bilan yaqindan tanishdilar.
Chet elliklarga viloyatni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari haqida axborot berildi va sarmoya kiritish uchun eng jozibador loyihalar taqdim etildi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaFargʻona vodiysining yuragi - Namangan shahrida 7-8 iyun kunlari "Doing business with Namangan - 2019" xalqaro investitsiya forumi boʻlib oʻtdi.

1/12
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Fargʻona vodiysining yuragi - Namangan shahrida 7-8 iyun kunlari "Doing business with Namangan - 2019" xalqaro investitsiya forumi boʻlib oʻtdi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaNamangan viloyati hududida "Namangan" va "Kosonsoy-Farm" erkin iqtisodiy hududlari va 9 ta kichik sanoat zonalari mavjud. Yaqin kelajakda esa toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan uchinchi iqtisodiy zona tashkil etish rejalashtirilmoqda.

2/12
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Namangan viloyati hududida "Namangan" va "Kosonsoy-Farm" erkin iqtisodiy hududlari va 9 ta kichik sanoat zonalari mavjud. Yaqin kelajakda esa toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan uchinchi iqtisodiy zona tashkil etish rejalashtirilmoqda.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaViloyatda yirik tekstil ishlab chiqarish korxonalari mavjud. Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan matolarning 15 foizi Namangan viloyatiga toʻgʻri keladi. Namanganlik chevarlar tomonidan tikiladigan erkaklar kostyum-shimlarga jahon bozorida tobora talab kuchaymoqda.

3/12
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Viloyatda yirik tekstil ishlab chiqarish korxonalari mavjud. Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan matolarning 15 foizi Namangan viloyatiga toʻgʻri keladi. Namanganlik chevarlar tomonidan tikiladigan erkaklar kostyum-shimlarga jahon bozorida tobora talab kuchaymoqda.
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova7-8 iyunya 2019 goda v Namangane proshel mejdunarodnыy investitsionnыy forum "Invest in Namangan" i vыstavka proizvoditeley Namanganskoy oblasti.

4/12
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Namangan viloyati xorijiy kompaniyalarga oʻz investitsion salohiyatini taqdim etdi
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaNamanganda yetishtirilgan yongʻoqlar va qayta ishlangan xoʻl-mevalar.

5/12
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Namanganda yetishtirilgan yongʻoqlar va qayta ishlangan xoʻl-mevalar.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaOʻzbekistonda yilning 300 dan ortiq kuni quyoshli boʻlgani uchun mamlakat mevalari dunyodagi eng mazali va shirin, deb tan olingan. Namangan viloyatida yetishtirilgan gilos, barcha sifat sertifikatlariga ega boʻlib, bir hafta oldin ilk marotaba eksport qilindi va London supermarketlarida sotuvga chiqdi, viloyatda yetishtirilgan oʻrik esa Hindistongacha yetib bordi.

6/12
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Oʻzbekistonda yilning 300 dan ortiq kuni quyoshli boʻlgani uchun mamlakat mevalari dunyodagi eng mazali va shirin, deb tan olingan. Namangan viloyatida yetishtirilgan gilos, barcha sifat sertifikatlariga ega boʻlib, bir hafta oldin ilk marotaba eksport qilindi va London supermarketlarida sotuvga chiqdi, viloyatda yetishtirilgan oʻrik esa Hindistongacha yetib bordi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaForum arafasida Namangan viloyati hokimligi Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda ilk bor eksportchilarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan noyob "MADEINNAMANGAN.UZ" portalini ishga tushirdi. Unda Oʻzbekistondagi barcha ishlab-chiqaruvchilar katalogi mujassam.

7/12
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Forum arafasida Namangan viloyati hokimligi Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda ilk bor eksportchilarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan noyob "MADEINNAMANGAN.UZ" portalini ishga tushirdi. Unda Oʻzbekistondagi barcha ishlab-chiqaruvchilar katalogi mujassam.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaInvestitsiya forumi Namanganda anʼanaviy Gullar festivali oʻtkazilayotgan kunlarda boʻlib oʻtdi.

8/12
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Investitsiya forumi Namanganda anʼanaviy Gullar festivali oʻtkazilayotgan kunlarda boʻlib oʻtdi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaViloyat turizm yoʻnalishida ham yuqori salohiyatga ega. Namanganda yirik "Axsikent" arxitektura yodgorligi merosi mavjud. Qadimda bu oʻlkada jahon ilm-faniga salmoqli hissa qoʻshgan 30 dan ortiq olimlar yetishib chiqqan va ularning bebaho merosini oʻrganish vodiyni mutlaqo yangi qiyofada jahonga tanitishi mumkin.

9/12
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Viloyat turizm yoʻnalishida ham yuqori salohiyatga ega. Namanganda yirik "Axsikent" arxitektura yodgorligi merosi mavjud. Qadimda bu oʻlkada jahon ilm-faniga salmoqli hissa qoʻshgan 30 dan ortiq olimlar yetishib chiqqan va ularning bebaho merosini oʻrganish vodiyni mutlaqo yangi qiyofada jahonga tanitishi mumkin.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaX-XIII asrlarda Fargʻona vodiysida Axsikent yirik shaharlardan biri boʻlib, shaharda oynachilik, kulolchilik, temirchilik hamda qurolsozlik va boshqa sohalar rivojlangan. 90 gektarga yaqin yer osti suv inshootining mavjudligi va shaharning mudofaa uchun qulay geografik oʻrinda joylashganligi Axsikent shaharsozligidagi oʻziga xos jihatlar hisoblanadi.

10/12
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
X-XIII asrlarda Fargʻona vodiysida Axsikent yirik shaharlardan biri boʻlib, shaharda oynachilik, kulolchilik, temirchilik hamda qurolsozlik va boshqa sohalar rivojlangan. 90 gektarga yaqin yer osti suv inshootining mavjudligi va shaharning mudofaa uchun qulay geografik oʻrinda joylashganligi Axsikent shaharsozligidagi oʻziga xos jihatlar hisoblanadi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaForumda 40dan ziyod mamlakatlar, xususan, Hindiston, Turkiya, XXR, Rossiya, Germaniya, BAA, Frantsiya va boshqa davlatlar xorijiy kompaniyalarining 300dan ortiq vakillari ishtirok etdi. Forum ishida Oʻzbekistonda akkreditatsiya qilingan diplomatik korpus vakillari va chet el OAV muxbirlari ham qatnashdilar.

11/12
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Forumda 40dan ziyod mamlakatlar, xususan, Hindiston, Turkiya, XXR, Rossiya, Germaniya, BAA, Frantsiya va boshqa davlatlar xorijiy kompaniyalarining 300dan ortiq vakillari ishtirok etdi. Forum ishida Oʻzbekistonda akkreditatsiya qilingan diplomatik korpus vakillari va chet el OAV muxbirlari ham qatnashdilar.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaOʻzbekiston tashqi siyosatda, xususan, jahon hamjamiyati bilan savdo-iqtisodiy, madaniy-doʻstlik aloqalarini mustahkamlash va kengaytirishga katta eʼtibor qaratmoqda. Viloyat hokimligi rasmiylari Namanganga kelishni xohlaydigan har bir investor "Xush kelibsiz!" deya kutib olinishini vaʼda qildi, demak, Fargʻona vodiysi ijobiy oʻzgarishlar va katta yoʻl boshida. Bu borada barchaga ibrat maktabi boʻladi, deb umid qilamiz.

12/12
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Oʻzbekiston tashqi siyosatda, xususan, jahon hamjamiyati bilan savdo-iqtisodiy, madaniy-doʻstlik aloqalarini mustahkamlash va kengaytirishga katta eʼtibor qaratmoqda. Viloyat hokimligi rasmiylari Namanganga kelishni xohlaydigan har bir investor "Xush kelibsiz!" deya kutib olinishini vaʼda qildi, demak, Fargʻona vodiysi ijobiy oʻzgarishlar va katta yoʻl boshida. Bu borada barchaga ibrat maktabi boʻladi, deb umid qilamiz.