Iqtisod

“Oʻzbekneftgaz” “Lukoyl”ga 600 mln dollarlik qarzini qanday toʻlaydi?

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka oʻtishPeterburgskiy mejdunarodnыy ekonomicheskiy forum. Den tretiy
Peterburgskiy mejdunarodnыy ekonomicheskiy forum. Den tretiy - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
“Oʻzbekneftgaz” rahbari Bahodir Siddiqov “Lukoyl” oldidagi 600 mln dollar miqdordagi qarzdorlik holatiga izoh berdi

TOSHKENT, 28 iyun — Sputnik. “Oʻzbekneftgaz” rahbari Bahodir Siddiqov jurnalistning Rossiyaning “Lukoyl” kompaniyasi oldidagi qarzdorlik holati  haqidagi savoliga javob berdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Prezident kompanii Lukoyil Vagit Alekperov - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
“Lukoyl” Oʻzbekistonga yana 2 milliard $ sarmoya kiritadi

Oʻtgan hafta prezident Shavkat Mirziyoyev Senatda soʻzlagan nutqida “Lukoyl” kompaniyasidan 600 mln dollar miqdoridagi qarzdorlik haqida gapirgandi. Koʻpchilikni mahsulotni boʻlib olish toʻgʻrisidagi bitim shartlari oʻylantirgandi va ularning fikriga koʻra, bitim mamlakatning milliy manfaatlari zid keladi.

Siddiqov javobining boshida “Lukoyl” bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasidagi eng yirik investor hisoblanishi, “Lukoyl” investitsiyalari hajmi 7 milliard dollardan oshishi, bular oʻz navbatida gaz-kimyo majmuasi qurilishi uchun uglevodorod xom ashyosini qazib olish loyihasi doirasida sarflanganini eslatib oʻtdi.

“Lukoyl” oldidagi qarz bir yil ichida paydo boʻlmaganini taʼkidlamoqchiman. Biz keyingi yillarda "Lukoyl"ga sotilgan tabiiy gazdan ichki isteʼmolchilar uchun sotib olamiz. Bu tabiiy gaz isteʼmoli aholi tomonidan ham, mamlakatimiz rivoji uchun bugungi kunda tashkil etilayotgan yangi korxonalar tomonidan ham tabiiy gaz isteʼmoli oshishi bilan bogʻliq”, - deya iqtibos keltiradi Siddiqov soʻzlaridan Sputnik muxbiri.

Uning maʼlum qilishicha, bugungi kunda gap imzolangan bitim mamlakat manfaatlariga mos kelish-kelmasligi haqida bormayapti. Vujudga kelgan qarz “Lukoyl” bilan mahsulotni boʻlib olish toʻgʻrisidagi bitim doirasida kompaniya operatori bilan loyiha boʻyicha uch oylik tabiiy gaz qazib olish hajmini tashkil etadi.

Hozirda mazkur qarzni toʻlash boʻyicha aniq chora-tadbirlarga oʻtkazilmoqda. Xususan, “Lukoyl” kompaniyasi bilan qarzdorlikning ushbu qismini restrukturizatsiya qilish va uni kelgusi davrlarda toʻlash boʻyicha kelishuv mavjud.

Prezident Respubliki Uzbekistan prinyal glavu rossiyskoy kompanii LUKOYL - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Shavkat Mirziyoyev Rossiyaning “LUKOYL” kompaniyasi rahbarini qabul qildi

“Bundan tashqari, mahsulotni boʻlib olish toʻgʻrisidagi bitim doirasida qazib olinayotgan gaz eksportga yoʻnaltirilishiga koʻproq eʼtibor qaratishimiz lozim. Prezidentimiz oldimizga shunday vazifani qoʻygan va biz buni toʻla-toʻkis anglab turibmiz. Bugungi kunda “Oʻzbekneftegaz”ning barcha saʼy-harakati oʻz qazib olish hajmini oshirishga, kelgusida bu gaz ichki isteʼmolchilarga sotilishiga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan”, - dedi “Oʻzbekneftgaz” rahbari.

Chunki sotib olish va sotish narxi orasida farq bor va mahsulotni boʻlib olish toʻgʻrisidagi bitim doirasida barcha qazib olingan gaz eksport qilinishi shartiga amal qilinsa, bu Oʻzbekiston uchun ham daromadli loyihadir hamda “Lukoyl”ning daromadlar boʻyicha talabiga ham mos keladi.

U savolga javob berayotib, bitim doirasida davlatning daromadi uch yarim milliard dollardan oshiqroqni tashkil qilgani va davlat oʻz ulushini olganini qoʻshimcha qildi.

Yangiliklar lentasi
0