“Lukoyl” O‘zbekistonga yana 2 milliard $ sarmoya kiritadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPrezident kompanii "Lukoyil" Vagit Alekperov
Prezident kompanii Lukoyil Vagit Alekperov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Lukoyl" 2020-yil boshida O‘zbekistonda qazib olinayotgan gaz hajmini oshirish uchun 2 milliard dollar sarmoya kiritadi.

TOShKENT, 25 apr – Sputnik. "Lukoyl" O‘zbekistonda amal qilayotgan loyihalarga yana 2 milliard dollar sarmoya kiritadi, shuningdek yangi konlarda ham razvedka ishlari o‘tkazadi, dedi kompaniya prezidenti Vagit Alekperov jurnalistlarga, RIA Novosti xabariga asosan.

Bugun Buxoro viloyatida joylashgan Qandim gazni qayta ishlash majmuasida “Lukoyl” kompaniyasining direktorlar kengashi majlisi bo‘lib o‘tmoqda.

“Amal qilayotgan loyihalarimizda katta investitsion jarayonlar hali oldinda turibdi. Ulraning miqdori 2 milliard dollarga yaqin”, - dedi Alekperov majlis yakunida. Kompaniya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, ushbu mablag‘lar Janubiy Hisor va Qandim guruhi konlarida kamaygan gaz hajmini to‘ldirishga yo‘naltiriladi.

Alekperov aytishiga qaraganla Lukoyl O‘zbekiston shimolida uchta blokni o‘rganib chiqqan va ularda geologik razvedka olib borish uchun yangi sarmoyalar kiritishga tayyor.

Ushbu haqida biroz oldin “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi vakili Nodir Muxutdinov ham habar qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra "Lukoyl" 2020-yil boshida O‘zbekiston shimolida uchta yangi  maydonchalarda geologik razvedka ishlarini boshlashi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, "Lukoyl" O‘zbekistonda 15-yildan beri ishlab kelmoqda. Kompaniya sarmoyalari umumiy hajmi 8 milliard dollarga yaqinlashdi. "Lukoyl" O‘zbekistonda qazib olgan gazning umumiy hajmi 60 milliard metr kubga yetgan.

Yangiliklar lentasi
0