Shavkat Mirziyoyev Rossiyaning “LUKOYL” kompaniyasi rahbarini qabul qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Respubliki Uzbekistan prinyal glavu rossiyskoy kompanii "LUKOYL"
Prezident Respubliki Uzbekistan prinyal glavu rossiyskoy kompanii LUKOYL - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"LUKOYL" kompaniyasi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalarga kiritgan investitsiyalar hajmi 7,5 milliard dollardan ziyodni tashkil etmoqda.

TOShKENT, 15-may – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-may kuni “LUKOYL” kompaniyasi prezidenti Vagit Alekperovni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Flagi Rossii i Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya – O‘zbekiston: iqtisodiy o‘sishning umumiy vektorlari

Davlat rahbari mehmonni qutlar ekan, mamlakat neft-gaz tarmog‘ida yetakchi bo‘lgan ushbu Rossiya kompaniyasi bilan samarali hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini alohida qayd etdi. 

Bugungi kunda "LUKOYL" kompaniyasi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalarga kiritgan investitsiyalar hajmi 7,5 milliard dollardan ziyodni tashkil etmoqda.

O‘tgan yil aprel oyida ishga tushirilgan Qandim gazni qayta ishlash majmuasi loyiha quvvatiga chiqdi. "Hovuzak" va "Shodi" konlari, shuningdek, Janubi-G‘arbiy Hisor konlari o‘zlashtirilmoqda.

Uchrashuvda o‘zaro manfaatli hamkorlik istiqbollari, jumladan, yangi investitsiya dastur va loyihalarini tayyorlash hamda “LUKOYL” kompaniyasining mamlakatimizdagi faoliyatini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Vagit Alekperov prezidentga samimiy qabul va qo‘shma loyihalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlayotgani uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.

"LUKOYL" kompaniyasi rahbari O‘zbekiston bilan neft-gaz tarmog‘ida uzoq muddatli va keng ko‘lamli sheriklikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanini ta’kidladi.

Yangiliklar lentasi
0