TOShKENT, 23-iyun - Sputnik. Germaniyaning Frankfurter Allgemeine Zeitung gazetasi O‘zbekiston haqida “Buldozerlar ostida qolgan madaniy me’ros” nomli maqola chop etdi.
Uning muallifi Xalqaro tarixiy yodgorliklarni saqlab qolish qo‘mitasi vakili Yens Yordan bo‘lib, u O‘zbekistonda tarixiy shaharlar qiyofasi o‘zgarib borayotganini bir necha yil davomida kuzatish natijasida tanqidiy maqola e’lon qilgan.
Yordan aytishiga qaraganda O‘zbekiston o‘zining haqiqiy qadimiy mavzoleylarini buzib, ularning o‘rniga yangilangan nusxalarini qurmoqda. Shu bilan birga turistlar oqimi ko‘payishiga umid qilmoqda. Turistlar esa endi faqat yangi imortlarni tomosha qilishi kerak.
“Tarix va madaniyatga qiziquvchan sayyohlar O‘zbekiston yodgorliklarini tomosha qilishga shoshilishlari kerak, toki ularning barchasi “yangilab” bo‘linmagunicha. Afsuski ushbu Markaziy Osiyo davlati madaniy me’rosi haqida ushbu haqiqatni aytishga majburmiz”, - deb xulosa qilgan Yordan.
Afsuski, hozir gap bir talay xalqaro shartnomalar va ICOMOS (Xalqaro tarixiy yodgorliklarni saqlab qolish qo‘mitasi) bilan imzolangan bitimlarga asosan O‘zbekiston o‘z tarixiy yodgorliklarini restavratsiya qilishda qo‘llaniladigan uslubning nozik akademik xususiyatlari haqida ketmayapti.
O‘zbekistonda so‘nggi yillarda tarixiy obidalarni restavratsiya qilishda asosiy uslub bu – buldozer bo‘lib qoldi. Buzilgan yodgorliklar o‘rnida esa hech qanday tarixiy qiymatga ega bo‘lmagan, nusxalari paydo bo‘lmoqda.
Xuddi shunday uslubda 2017-yilda Toshkentda Kaufman bolalar uyi restavratsiya qilindi. Rossiya imperiyasi davrida qurilgan ushbu bino shahar markaziga ko‘chirilib, uning peshtoqiga “qayta tiklandi” degan yozuv yozilgan.
Yangi obyekt tashqi ko‘rinishidan eski binoga biroz o‘xshash bo‘lsada, lekin qavatlari soni, foydalanilgan materiallari va ichki tuzilishi 1917-yilda qurilgan bino chizmalariga - o‘xshamagan. Binodan foydalanish davrida paydo bo‘lgan izlar va belgilar haqida gapirmasa ham bo‘ladi.
Xuddi shunday taqdir Nukus yaqinidagi XIII-XIV asrlarda qurilgan Shamun-Nabi maqbarasiga ham nasib etdi. Qadimiy binoni imkon qadar saqlab qolish o‘rniga mahalliy hukumat uni buzib, o‘rniga yangisini qurib qo‘ygan.
2016 yilda O‘zbekistonda rahbariyat almashganidan so‘ng ko‘plab islohotlar amalga oshirila boshlandi, OAVlarga erkinlik berildi. Shu bilan birga turizmni ham iqtisodining muhim bo‘lagiga aylantirishga qaratilgan qadamlar qo‘yila boshlandi, YuNESKOga ham quyuq va’dalar berildi.
Oldin qo‘l tekkizish ta’qiqlangan, Konservatsiya va restavratsiya qilish Instituti himoyasida bo‘lgan tarixiy obyektlarga “daromad manbai” sifatida qarala boshlandi.
2001 yilda YuNESKO Umumjahon me’rosi shaharlari ro‘yxatiga kiritilgan Samarqand 10-yil oldin “uyquda yotgan” shaharga o‘xshar edi. Bugun bu yerda Sovet davri tarixiga xos bo‘lgan binolardan “tozalash”ni kuzatish mumkin. Ana shunday binolardan biri shahar makazidagi tarix muzeyi binosi edi. Bir vaqtlar shaharning qadimiy tor ko‘chalari atrofidagi uylar buzilib avtomobil yo‘llari kengaytirilmoqda. Ushbu o‘zgarishlar albatta, avvalgi qadimiy shahar muhitini buzib yubormoqda.
Shahrisabzda esa “turizmni rivojlantirish choralari” oqibatida kamdan kam uchraydigan vqea sodir bo‘ldi. ICOMOS - shahrisabzni “Umumujahon madaniy me’rosi shaharlari” ro‘yxatidan chiqarishni taklif qildi. Bunga restavratsiya davomida yo‘l qo‘yilgan, shaharning takrorlanmas xususiyatining yo‘qolshi sabab bo‘lgan.
Gap shundaki, XV asrda Temuriylar davrida qurilgan Shahrisabz shahri markazi to‘rt burchakli himoyalangan qo‘rg‘ondan iborat bo‘lib uning atrofi ortogonal joylashgan ko‘chalar bilan o‘ralgan. Shahar markazini bunday himoyalash uslubi takrorlanmas bo‘lib, u Shahrisabzni Markaziy Osiyoning o‘ziga xos arxitektura yodgorligi edi.
Restavratsiya davomida esa shahar markazi orqali katta to‘g‘ri yo‘l solingan. Uning atrofida esa mehmonxona turistik inshootlar qurilgan. Fuqarolar uylari esa turistlar nazaridan baland devor bilan to‘sib qo‘yilgan. Bunday ko‘rinishda shahar o‘zining tarixiy qimmatini yo‘qotgan.
Xuddi shunday vaziyat Xivada ham kuzatilmoqda. U yerda ham eski shahar atrofida yashayotgan fuqarolar ulka bosimga duch kelmoqda.
Buxoro – O‘zbekistondagi to‘rtinchi “Umumjahon me’rosi” maqomiga ega bo‘lgan shahar bo‘lib, u hm bir necha yildan buyon o‘zining tarixiy ko‘rkamligini yo‘qotib sterillangan park va ko‘ngilochar attraksionga aylanib bormoqda.
Tarixiy obidalar yaqinida olib borilgan qurilish ishlari, og‘ir qurilish texnikasining o‘tib qaytishi Abdulazizxon madrasasining qisman buzilishiga sabab bo‘ldi.
Sovet davrida Toshkent – sotsialistik mamlakatning yangilangan janubiy shahri sifatida o‘ziga mehmonlarni jalb qilardi. Bu yerda ko‘plab xalqaro festivallar bo‘lib o‘tardi. Afsuski bu yerda ham bir necha tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan binolar buzildi. Shular orasida Bahodir Jalolovning takrorlanmas freskalari chizilgan “Kino uyi” va “Pionerlar uyi” binolaridir. Bu yerda “Toshkent-siti” quriladi.
Yaxshi xabar shuki – oyna va betindan yangi qurilayotgan binolar orasida modern uslubida qurilgan masjidni saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgani – albatta quvonarli holdir.
O‘zbekiston ulkan o‘zgarishlar arafasida turibdi. Bir tomondan, qadimiy o‘zbek, kolonial davr va sharqona neoklassika va sovet modernizmi yodgorliklarinining sezilarli qismini yo‘qotishga yo‘l qo‘yildi allaqachon, ikkinchi tomondan esa bu mamlakatda - tarixiy yodgorliklarni himoya qilish instituti paydo bo‘lmoqda. Lekin u hali juda zaif va juda sekin harakatlanmoqda. Kelajakda tarozining qaysi pallasi bosishini – vaqt ko‘rsatadi.