Shavkat Mirziyoyev YuNESKO Bosh direktori bilan uchrashdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i Genidrektor YuNESKO Odri Azule
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i Genidrektor YuNESKO Odri Azule - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va YuNESKO aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan 2021-yilgacha hamkorlik dasturini imzoladi. 

TOShKENT, 9 okt – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-oktabr kuni Parijda YuNESKO Bosh direktori Odri Azule bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

Odri Azule Shavkat Mirziyoyevni tashrif bilan samimiy qutlab, O‘zbekiston bilan hamkorlik rivojida ushbu uchrashuv g‘oyat muhimligini qayd etdi. Bosh direktor O‘zbekistonning butun insoniyat boyligi bo‘lgan madaniy-tarixiy merosni asrab-avaylash borasidagi siyosatini yuksak baholadi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev pribil vo Fransiyu - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Parijda tantanali kutib olindi

YuNESKO Bosh direktori O‘zbekiston Prezidentining ushbu tashkilot shafeligida tinchlik va bag‘rikenglik madaniyatini shakllantirish, ekstremizmning oldini olish maqsadida Samarqand shahrida Mirzo Ulug‘bek nomidagi xalqaro institut tashkil etish, Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti huzurida Ta’limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha mintaqaviy markaz hamda Samarqanddagi Turizm xalqaro universitetida YuNESKO kafedrasini tuzish bo‘yicha tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi.

O‘zbekistonda Markaziy Osiyo yosh olimlari mintaqaviy forumini hamda 2019-yilda Toshkentda "Axborot texnologiyalari madaniy merosni asrash xizmatida" mavzuyida Osiyo forumini o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Uchrashuv so‘ngida Shavkat Mirziyoyev va Odri Azule  O‘zbekiston bilan YuNESKO aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan 2021-yilgacha hamkorlik dasturini imzoladilar. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev YuNESKOning faxriy mehmonlar kitobiga dastxat yozdi.

Eslatib o‘tamiz, YuNESKO va O‘zbekiston orasida chambarchas madaniy aloqalar yo‘lga qo‘yilgan. Xalqaro tashkilot bilan hamkorlikda madaniy tadbirlar doimiy ravishda o‘tkazib turiladi. “Sharq taronalari” xalqaro festivali hamda Xalqaro maqom san’ati forumi ana shular jumlasidan.

V Tashkente proshel seminar po razrabotkam politiki v oblasti PTOO - Sputnik O‘zbekiston
YuNESKO ishtirokida kelajak kollejlari masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi

Xivadagi «Ichan qal’a» majmuasi, madaniyatlar chorrahasi -  Samarqand, Buxoro va Shahrisabzning tarixiy markazlari, shuningdek, Chotqol biosferasi YuNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. 

Shoshmaqom, Boysun madaniy makoni, Katta ashula, askiya, osh, Navro‘z, atlas va adras ishlab chiqarish texnologiyalari tashkilotning Insoniyat nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgan. 

Ma’lumot uchun: BMTning ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti - YuNESKO 1945-yil 16-noyabrda tuzilgan. Uning asosiy maqsadi ta’lim, fan, madaniyat, kommunikatsiyalar, turizm sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish orqali tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga ko‘maklashishdir. Bugungi kunda unga 195 ta mamlakat a’zo hisoblanadi. O‘zbekiston tashkilotga 1993-yil 26-oktabrda a’zo bo‘lgan. 

Yangiliklar lentasi
0