Shahrisabz markazi xavf ostida turgan obyektlar ro‘yxatiga kiritildi

© YuNESKOShahrisabz shahri tarixiy qismi
Shahrisabz shahri tarixiy qismi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
YuNESKOning Butunjahon merosi qo‘mitasi 13-iyuldagi yig‘ilishida Qashqadaryo viloyatida joylashgan Shahrisabzning tarixiy markazini xavf ostida turgan obyektlar ro‘yxatiga kiritdi.

TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. YuNESKOning Butunjahon qo‘mitasi 40 sessiyasida mehmonxona va boshqa binolarning qurilishi Shahrisabzning tarixiy qiyofasiga salbiy ta’sir ko‘rsatganligi bois, shahar markazini xavf ostida turgan obyektlar ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilindi, deb xabar qilinadi qo‘mita rasmiy saytida.

Bu qaror, mutaxassislarni tuman sayyohlik infraqurilmasi masalasi bo‘yicha jiddiy tashvishga qo‘ydi. Chunki shaharda jahon madaniyati sirasiga kiruvchi obidalar qad rostlagan.

YuNESKOning Butunjahon merosi markazi va Xalqaro yodgorliklar va tarixiy joylarni qo‘riqlash kengashi (IKOMOS) o‘zaro hamkorlikda Shahrisabzga missiya uyushtiradi. Ular vaziyatni o‘nglash va zarar miqdorini qayd etish uchun zarur chora-tadbirlarni ko‘rishadi.

YuNESKOning Butunjahon merosi qo‘mitasining 40-sessiyasi Istanbulda o‘z ishini davom ettirmoqda. U 20-iyulda tugaydi.

Yangiliklar lentasi
0