Xitoy firmasi Rossiyaning bir necha sut brendlarini o‘zlashtirib oldi

© Sputnik / Nikolay Xijnyak / Mediabankka o‘tishZavod kompanii Danone v Samare
Zavod kompanii Danone v Samare - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoy firmasi Rossiya sut brendlarini o‘zlashtirib olgani uchun sut zavodlari ushbu firmani sudga berdi.

TOShKENT, 17-iyun – Sputnik. Rossiyaning bir necha sut zavodlari Xitoyning Xeylunszan viloyatida joylashgan firma ustidan ommaviy sud arizasi topshirdi. Ular ushbu firmani Rossiya sut brendlarni o‘zlashtirib olishda ayblashmoqda, RIA Novosti xabariga asosan.

Molochnie produkti - Sputnik O‘zbekiston
"O‘zstandart" qator sut va go‘sht mahsulotlarini talabga nomuvofiq deb topdi

Rossiyaning bir necha sut zavodlari o‘tgan yilning oxirida Xitoyga o‘z mahsulotlarini olib kirishga ruxsat olgan edi. Lekin 2019-yilning 28-yanvarida xitoylik bir kompaniya Rossiya zavodlariga tegishli bo‘lgan sut brendlarini o‘zlashtirib olgani ma’lum bo‘ldi. Shu sabab ayni damda Rossiya sut mahsulotini Xitoyga olib kirishda muammo paydo bo‘ldi, dedi Rossiya Eksport markazining eyelektron savdo bo‘yicha direktori Aleksey Murzenok.

“Xitoy kompaniyasi qonunni buzmagan. Ular bizning brendlarni o‘z nomiga ro‘yxatdan o‘tkazib olgan. Biz ushbu holatni nazorat qilmaganmiz. Balkim Qishloq xo‘jaligi vazirligi bizni vaqtida ogohlantirmagani tufayli kechga qolganmiz”, - dedi Murzenok.  

“Lekin boshqa tomondan qaraganda, ikki yirik mamlakat orasida ushbu vaziyat yechilmaydigan muammoga o‘xshamaydi. Balkim Xitoy tomon bizga biror yordam ko‘rsatar. Ushbu kompaniya bilan gaplashib bizning savdo belgilarimizni o‘z ixtiyori bilan qaytarib berar”, - deydi REM vakili.

Chorsu - samiy stariy bazar v starom Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Rossiyadan go‘sht-sut mahsulotlariga qo‘yilgan ta’qiqini bekor qilishni so‘ramoqda

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning oxirida Rosselxoznadzor va Xitoy bosh Bojxona boshqarmasi o‘zaro sut mahsulotlari yetkazib berish haqida bitim imzolagan edi. Boshida Xitoy tomon faqat 10ta rossiya sut zavodi mahsulotiga ruxsat bergan bo‘lsa, keyin ushbu ro‘yxat 33taga kengaytirilgan edi. May oyining oxirida birinchi partiya sut Xitoyga yetkazib berildi.

Ma’lumot uchun – Xitoyda Rossiyada ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari juda katta talabga ega. Ayniqsa turli sut mahsulotlari, shokolad, grechka, bug‘doy, asal, soya va kungaboqar yog‘i.  

Yangiliklar lentasi
0