O‘zbekiston Rossiyadan go‘sht-sut mahsulotlariga qo‘yilgan ta’qiqini bekor qilishni so‘ramoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovChorsu - samiy stariy bazar v starom Tashkente
Chorsu - samiy stariy bazar v starom Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya O‘zbekistondagi epidemiologik vaziyatni o‘rganib chiqib ushbu masalani ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi.

TOShKENT, 7 mar — Sputnik. O‘zbekiston Rossiyadan qayta ishlangan go‘sht-sut mahsulotlarini olib kirishga qo‘yilgan karantin ta’qiqini bekor qilishni so‘ramoqda, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Chereshnya na prilavke munitsipalnogo fermerskogo rinka Merkado dosh Lavradoresh v gorode Funshal na ostrove Madeyra. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistondan Rossiyaga 5 kilogramgacha meva olib kirishga ruxsat berildi

Rossiya tomonidan ushbu ta’qiq O‘zbekistonda 2003-yilda hayvonlarda oksim (yashur) kasalligi aniqlanganidan so‘ng kiritilgan.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Rossiya qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Sergey Levin ushbu masalani ko‘rib chiqishda yordam berishga va’da berdi.

“O‘zbekiston Davlat veterinariya qo‘mitasi respublikadagi epidemiologik vaziyat haqidagi ma’lumotni yana bir bor yuborish va kerak bo‘lsa oksim kasalligiga birgalikda kurash choralarini ishlab chiqishni taklif qildi”, - deyilgan xabarda.

Biroz oldin Rossiya qishloq xo‘jaligi nazorati xizmati yo‘lovchilar yuklarida 5 kilogramgacha meva olib kelishga doir qo‘yilgan ta’qiq bekor qilingani haqida xabar bergan edik.

Yangiliklar lentasi
0