"O‘zstandart" qator sut va go‘sht mahsulotlarini talabga nomuvofiq deb topdi

© Sputnik / Sergey Averin / Mediabankka o‘tishMolochnie produkti
Molochnie produkti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shuningdek Toshkent shahrining bozorlarida sotilayotgan bolalar o‘yinchoqlarining xaridi natijalariga ko‘ra 5 turdagi bolalar o‘yinchoqlari tashqi ko‘rinishi va xavfsizlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha meyoriy hujjat talablariga nomuvofiq deb topildi

TOShKENT, 22 fev — Sputnik. "O‘zstandart" agentligi Toshkent shahri va Toshkent viloyati savdo rastalarida sotilayotgan 18 turdagi sut va go‘sht mahsulotlarini meyoriy hujjat talablariga nomuvofiq deb topdi. Bu haqda Xalqaro Press-klubning "O‘zstandart: islohotlarning yangi bosqichi, integratsiya va muammolar tahlili" mavzusidagi sessiyasida ma’lum qilindi.

Laboratoriyada mikroskop ustida olib borilayotgan ish - Sputnik O‘zbekiston
Sifatga to‘liq javob berasiz: Mirziyoyev standartlashtirish tizimini isloh qildi

Bildirilishicha, "O‘zstandart" agentligi tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatining savdo rastalarida sotilayotgan 56 turdagi (sut va sut mahsulotlari, kolbasa mahsulotlari, ichimlik suvi, bolalar ozuqasi, kakao va sharbat) mahsulotning nazorat xaridi amalga oshirildi va ushbu mahsulotlar sinov laboratoriyalarida sinovdan o‘tkazildi.

Sinov natijalariga ko‘ra 18 turdagi sut va go‘sht mahsulotlari meyoriy hujjat talablariga sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha nomuvofiqligi aniqlandi.

O‘tkazilgan sinovlar natijasida “Xasanmolprom”XF tomonidan ishlab chiqarilgan “Garmoniya”30% qaymog‘i, “Izzat” XK tomonidan ishlab chiqarilgan 2,5% “Tvorog” mahsuloti, “GOOD FOOD ORGANIC” MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan quyultirilgan sut mahsuloti, “Tong sutlari” MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan “25% Smetana” va “35% Qaymoq” mahsulotlari, “Xamidaxon barkali Tayyorlov” MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan 2,5% yogurt va 20% smetana mahsulotlari, “Believe Milk Food” MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan “Shaftoli” mazali yogurt, “Molochniy kray” MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan “30% qaymoq”, “15% Smetana” mahsulotlari, “Angren meat-milk” MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan “Best” smetanasi tomonidan ishlab chiqarilgan sut mahsulotlari fizik-kimyo ko‘rsatkichlari bo‘yicha meyoriy hujjat talablariga nomuvofiq deb topildi.

Nomuvofiqliklar "Kozimjon Omad" va "Pokiza Niyat" MChJlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan kolbasa mahsulotlarida ham aniqlandi.

Sut mahsulotlarida aniqlangan nomuvofiqliklar asosan mahsulotlarning tashqi ko‘rinishi, hidi, mazasi, tarkibidagi yog‘ miqdorining belgilangan talabda emasligi bo‘yicha, kolbasa mahsulotlari esa tarkibidagi kraxmal moddalarning belgilangan talablardan yuqori ekanligi bo‘yicha meyoriy hujjat talablariga nomuvofiq deb topildi.

bazar - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent bozorlarida rakni keltirib chiqaruvchi o‘yinchoqlar sotilmoqda - O‘zstandart

Shuningdek Toshkent shahrining bozorlarida sotilayotgan bolalar o‘yinchoqlarining xaridi natijalariga ko‘ra 5 turdagi bolalar o‘yinchoqlari tashqi ko‘rinishi va xavfsizlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha meyoriy hujjat talablariga nomuvofiq deb topildi.

O‘yinchoq mahsulotlaridan bolalar shaqildog‘i, bolalar chiyildoq koptogi, qo‘g‘irchoqlar to‘plami, qurol-aslaha to‘plami, yonib turuvchi tipratikon o‘yinchoqlarida burama va yoriqlari borligi bo‘yicha meyoriy hujjat talablariga nomuvofiq deb topildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiyot sanitariya birlashmasi, sanitariya-epidemiologiya stansiyasining sinov natijalariga ko‘ra yuqoridagi o‘yinchoqlarda formaldegid moddasining miqdori mehoriy hujjat ko‘rsatkichidan o‘n baravar yuqoriligi aniqlandi.

"O‘zstandart" agentligi mamlakatda standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarida ishlab chiqilgan meyoriy hujjatlarning ijrosini ta’minlash borasida faoliyat yuritadi.

Yangiliklar lentasi
0