Abituriyentlar diqqatiga: siz uchun joriy yilda 10ta qulaylik yaratildi

© TelegramV Uzbekistane otmenili medspravku dlya abituriyentov
V Uzbekistane otmenili medspravku dlya abituriyentov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda joriy yilda 8ta xorijiy va 8ta mahalliy OTMlar o‘z faoliyatini boshlab yuborgan

TOShKENT, 15-iyun - Sputnik. O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov bugun, 15-iyundan, oliy ta’lim maskanlariga abituriyentlardan hujjat olish boshlangani munosabati bilan abituriyentlar va ularning ota-onalariga murojaat qildi.

V Uzbekistane otmenili medspravku dlya abituriyentov - Sputnik O‘zbekiston
Davlat xizmatlari orqali OTMlarga hujjat topshirish bepul bo‘ldi

Abduhakimov Feysbukdagi sahifasida 2019-2020 yilgi qabulda abituriyentlar uchun ko‘plab yangi qulayliklar yaratilgani haqida so‘zlagan.

Xususan, qator yangi oliy o‘quv dargohlari - 8ta xorijiy va 8ta mahalliy OTMlar o‘z faoliyatini boshlab yuborganini aytgan.

Ikkinchi yangilik, OTMlarga qabul kvotalari 20%ga oshirilgan va joriy o‘quv yilida oliy ta’lim maskanlari 120 mingdan ziyod abituriyentlarni talabalar safiga qabul qilish imkoniga ega bo‘ldi.

Uchinchidan, joriy yilda "Amaliy kosmik texnologiyalar", "Raqamli iqtisodiyot", "Texnologik ta’lim", "Maktabgacha ta’limda pedagogika va psixologiya", "Gidlik xizmati va tarjimonlik faoliyati", "Elektron tijorat", "Maktablar menejmenti" va boshqa ko‘plab yangi, zamonaviy sohalar bo‘yicha o‘quv yo‘nalishlari ochilgan.

OTMlarga hujjat topshirgan abituriyentlar bir yo‘la uch yo‘nalishda o‘z bilimi kuchini sinab ko‘rishlari mumkin.

To‘rtinchidan, CEFR tizimi bo‘yicha, yoki xalqaro imtihon tizimlari bo‘lmish IELTS, TOEFL, JLPT, DSD, DELF sertifikatlariga ega abituriyentlar chet tili imtihonlaridan ozod etiladi, va ularga eng yuqori ball qo‘yiladi.

Devushka raduyetsya svoyey familii v spiskax zachislennix abituriyentov - Sputnik O‘zbekiston
DXM orqali hujjat topshirish mumkin bo‘lgan OTMlar ro‘yxati e’lon qilindi

Beshinchidan: kirish imtihonlari iyul-avgust oylari davamida o‘tkaziladi va bu abituriyentlarga ortiqcha navbatlarsiz imtihonda ishtirok etish uchun qulay sharoit yaratadi.

Oltinchidan: o‘tgan yilgi e’tiroz va takliflardan so‘ng Qurolli Kuchlar safida xizmatni o‘tagan va harbiy qismlardan tavsiyanomalarga ega bo‘lgan abituriyentlar uchun asosiy kvotalarga qo‘shimcha tarzda alohida kvotalar ajratilmoqda.

Yettinchidan, tajriba tariqasida 5 ta oliy ta’lim maskanlarida abituriyentlar Davlat xizmatlari markazi yoki Interaktik davlat xizmatlari yagona portali orqali hujjat topshirishlari mumkin (istalgan hududdan onlayn-rejimda), va Adliya vazirligi tufayli bu xizmat bepul amalga oshiriladigan bo‘ldi.

Sakkizinchidan, test sinovlarida qatnashayotgan o‘tgan yillarda ta’lim dargohlarini bitirgan abituriyentlardan yarim EKIH miqdorida to‘lov olinadi. Nogironligi bo‘lgan yoki to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan shaxslar to‘lovdan ozod etilgan.

To‘qqizinchidan: bo‘lg‘usi talabalarga ular irodasiga qarab, kontrakt to‘lovini stipendiya bilan yoki stipendiyasiz bo‘lgan ko‘rinishda tanlab olish huquqi beriladi.

Vruchenie diplomov s otlichiyem vipusknikam MGU im. M.V.Lomonosova - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston OTM diplomlari Rossiyada tan olinadi

O‘ninchidan: bakalavrlikni tamomlagan bitiruvchilar magistratura yo‘nalishida o‘z sohasiga aloqasi bo‘lmagan yo‘nalishlarga ham hujjat topshirishlari mumkin.

Abduhakimovning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilda ham test sinovlari adolatli va shaffof o‘tishi ta’minlanadi. Buning uchun barcha shart-sharoitlarga ega qulay maydonlar tayyor holatga keltirilgan, test sinovlari o‘tadigan maydonlar salqin bo‘ladi. Ular videokameralar bilan jihozlangan.

Test sinovlari o‘tkaziladigan jarayon har kuni katta monitorlarda translyatsiya qilinadi va televidenie orqali onlayn-namoyish etiladi.

Yangiliklar lentasi
0