Davlat xizmatlari orqali OTMlarga hujjat topshirish bepul bo‘ldi

© TelegramV Uzbekistane otmenili medspravku dlya abituriyentov
V Uzbekistane otmenili medspravku dlya abituriyentov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Joriy yil iyun oyida Vazirlar Mahkamasi qarori asosida Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi

TOShKENT, 14-iyun - Sputnik. Davlat xizmatlari markazlari orqali belgilangan Oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirganlik uchun,shuningdek davlat xizmatlari ko‘rsatganlik uchun to‘lov undirilmaydi, deb xabar berildi DXM telegram kanalida.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil iyun oyida Vazirlar Mahkamasi qarori asosida Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, ayrim OTMlarga hujjat topshirish Davlat xizmatlari markazi va Yagona portal orqali amalga oshiriladigan bo‘ldi.

Yuqoridagi qarorning 11-bandida avvalgi yillarda tugatgan abituriyentlardan hujjat qabul qilishda davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun EKIHning yarim baravari (101 365 so‘m) miqdorida to‘lov undirilishi belgilangan edi.

Yangiliklar lentasi
0