O‘zbekiston OTM diplomlari Rossiyada tan olinadi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishVruchenie diplomov s otlichiyem vipusknikam MGU im. M.V.Lomonosova
Vruchenie diplomov s otlichiyem vipusknikam MGU im. M.V.Lomonosova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Urganch shahrida O‘zbekiston – Rossiya qo‘shma komissiyasining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tomonlar bir qator muhim hujjatlar, jumladan, ta’limni o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi hujjatni imzolashdi.

TOShKENT, 31-may — Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston hukumatlari bosh vazirlar ishtirokidagi qo‘shma komissiyaning birinchi majlisida ta’lim, iqtisodiyot, madaniyat, sanoat va sog‘liqni saqlash sohalarida bir qator hujjatlar imzoladilar. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Vruchenie diplomov s otlichiyem vipusknikam MGU im. M.V.Lomonosova - Sputnik O‘zbekiston
Endilikda O‘zbekistonda xorijiy davlat diplomlari tan olinadi

“Moskva va Toshkent ta’lim to‘g‘risidagi diplomlar, malaka va ilmiy darajalar haqidagi hujjatlarni o‘zaro tan olish to‘g‘risida kelishib oldi”, - deyiladi xabarda.

Tegishli bitim qo‘shma komissiyaning birinchi yig‘ilishi doirasida Rossiya hukumati raisi Dmitriy Medvedev hamda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov tomonidan imzolandi.

Bundan tashqari, Moskvadagi Butunrossiya ko‘rgazma markazi  hududida O‘zbekiston ko‘rgazma markazining ochilishi to‘g‘risidagi hujjat imzolandi.

Pavilon №66 Kultura (Uzbekskaya SSR), postroyenniy v 1954 godu, na territorii VDNX - Sputnik O‘zbekiston
Moskvadagi VDNX pavilonlaridan biri O‘zbekistonga muddatsiz foydalanish uchun beriladi

Iqtisodiy idoralar rahbarlari Maksim Oreshkin va Botir Xo‘jayev mehnat samaradorligini oshirish sohasida tajriba almashish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi.

Shuningdek, tomonlar qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni faollashtirish bo‘yicha yo‘l xaritasini hamda to‘qimachilik, tikuvchilik va trikotaj tarmoqlarida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini qabul qildilar.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 2019-2020-yillarda hamkorlik bo‘yicha amaliy tadbirlar rejasini imzoladi.

Butunrossiya tashqi savdo akademiyasi va O‘zbekiston Respublikas investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi o‘zaro anglashuv va hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni tasdiqladi.

Yangiliklar lentasi
0