O‘zbekiston Havo yo‘llari Rossiyada “eng mazali” xorijiy aviakompaniya bo‘ldi

© Press-slujba UzAirwaysUzAirways vnov priznana aviakompaniyey s samoy vkusnoy yedoy
UzAirways vnov priznana aviakompaniyey s samoy vkusnoy yedoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya ommaviy turistik portali o‘tkazgan so‘rovshga ko‘ra, O‘zbekiston Havo yo‘llari yo‘lovchilarni eng mazali taomlar bilan siylovchi xorijiy aviakompaniya bo‘ldi.

TOShKENT, 2-iyun – Sputnik. Rossiya turistik xizmatlar portali Tutu.ru o‘tkazgan so‘rovga ko‘ra “O‘zbekiston havo yo‘llari” xorijiy aviakompaniyalar eng “mazali taomlar bilan siylovchi aviakompaniya” bo‘lgan, kompaniya matbuot xizmati xabariga asosan.

O‘zbekiston havo yo‘llari Indoneziyaga parvoz qila boshladi

Turistik portal tomonidan 2018-yilning aprelidan 2019-yil apreliga qadar 27500 nafar yo‘lovchilar orasida so‘rov o‘tkazilgan. Uning natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Havo yo‘llari Rossiyaga parvoz qilayotgan xorijiy aviakompaniyalar orasida eng mazali taomli aviakompaniya deb topilgan.

Yo‘lovchilar aytishigu ko‘ra, O‘zbekiston havo yo‘llari taomlari mazali va miqdori ham ancha ko‘p. Shuningdek 6 soatdan ko‘proq parvoz qiluvchi yo‘lovchilarga asosiy ovqatdan tashqari qo‘shimcha nonushta ham taklif qilinadi.

O‘zbekiston Havo yo‘llari xabariga ko‘ra, kompaniya oshpazlari, yo‘lovchilar istak va xohishlarini hisobga olgan holda doimiy tartibda o‘z taomlariga o‘zgarish kiritib boradilar. Taomlar tayyorlaganda yo‘nalish hamda yo‘lovchilar xohish va istaklari hisobga olinadi.

Uzbekskie avialinii priznani luchshey aviakompaniyey v SA - Sputnik O‘zbekiston
"O‘zbekiston havo yo‘llari" - Markaziy Osiyoda eng yaxshi aviakompaniya

Shuningdek yo‘lovchilar bepul ravishda o‘zlariga mos keladigan taomlarni tanlashlari mumkin: bolalar menyusi, halol ovqatlar, vegetarian ovqatlar yoki kosher menyu. Ushbu taomlarni aviachipta xarid qilganda qayd etish kerak va aeroportda, samolyotga chiqishdan oldin yana bir barobar tasdiqlab olish kerak.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston havo yo‘llari bundan 2-yil oldin o‘tkazilgan so‘rovda ham g‘olib chiqqan edi. 2017-yil dekabrida o‘tkazilgan so‘rovda 22 ming kishi O‘zbekiston havo yo‘llari taomlarini MDH aviakompaniyalari orasida eng mazali deb topgan edi.

Yangiliklar lentasi
0