TOShKENT, 18 apr – Sputnik. O‘zbekiston xavo yullari Jakartaga parvozlarini boshladi, deb xabar qildi kompaniya matbuot xizmati Sputnik muxbiriga.
“Toshkent – Jakarta – Toshkent” doimiy parvozlari 1-maydan boshlab haftasiga ikki marotaba – chorshanba va payshanba kunlari amalga oshiriladi.
Parvozlar quyidgi jadval bo‘yicha Kuala – Lumpur shahri orqali amalga oshiriladi:
Chorshanba: HY-551 Toshkent 06:45 – Jakarta 21:00 (Kuala-Lumpur orqali)
HY-552 Jakarta 22:30 – Toshkent 07:00 (payshanba).
Payshanba: HY-553 Toshkent 21:25 – Jakarta 09:25 (juma)
(juma) HY-554 Jakarta 10:50 – Toshkent 21:35 (Kuala-Lumpur orqali).
Yuqordagi jadval O‘zbekiston havo yo‘llari Indoneziya va Malayziyadan musulmonlarni O‘zbekistonga dam olish kunlari kelib ketishi yoki “kichik haj” safari uyushtirish uchun qulay tuzilgan.