TOShKENT, 10 okt — Sputnik. "O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniya Markaziy Osiyoda yo‘lovchi tashish bo‘yicha eng yaxshi xorijiy aviakompaniya mukofotiga sazovor bo‘ldi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.
Kuala-Lumpurda o‘n ikkinchi marotaba o‘tkazilgan KLIA Awards — 2016 taqdimotida aviakompaniya vakillariga mukofot topshirildi.
Anjumanda mukofotlarni taqdim etgan Malayziya aeroportlar uyushmasi boshqaruv direktori Datuk Badlisham Gazali so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston milliy aviakompaniyasi Markaziy Osiyo mamlakatlaridan birinchilardan bo‘lib KLIA xalqaro aeroportiga Voeing 787 Dreamliner "Orzu laynerida" muntazam parvozlarini yo‘lga qo‘ygan.
Bu yil anjumanda doimiy ishtirokchilardan tashqari yangi aviakompaniyalar ham ishtirok etishdi. Ular ichida Himalaya Airlines, Thai Smile Airways, US Bangla Airlines, JC Combodia, Cathay Dragon va Batik Air Indonesia. Shuningdek, uchta yangi toifalar kiritildi. Bular Markaziy Osiyoga yilning xorijiy aviakompaniyasi (yo‘lovchilarni tashish), yilning davlat agentligi, yilning kichik va o‘rta xajmdagi korxonasi.
Eslatib o‘tamiz, KLIA Awards har yili Malayziya aeroportlar uyushmasi — Malaysia Airports Holding Berhad tomonidan o‘tkaziladi mukofot anjumani hisoblanadi. Mukofot egalari har yilgi yo‘lovchilarni tashish, o‘sish surati, savdo ko‘rsatkichlari, xalqaro e’tirof hamda xizmat ko‘rsatishdagi ustunlik yo‘nalishlar bo‘yicha tanlanadi.
"O‘zbekiston havo yo‘llari" va Kuala-Lumpur (KLIA) xalqaro aeroporti o‘rtasidagi 25-yil davomida o‘zaro hamkorlik mustahkamlab borilmoqda. Bugun MAK samolyotlari muntazam, haftasiga ikki marta dunyoda eng ko‘p qatnovlar bo‘lgan aeroportga xavfsiz parvozlarni amalga oshirmoqda. Ushbu aeroportda 60 ta aviakompaniyaga xizmat ko‘rsatilib, 120 yo‘nalishlar bo‘yicha parvozlar amalga oshiriladi.