Toshkentdagi sobiq Romanov saroyida muzey tashkil qilinishi mumkin

© Depositphotos / EfesenkoBivshaya rezidensiya Romanovix v Tashkente, Uzbekistan
Bivshaya rezidensiya Romanovix v Tashkente, Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Madaniyat vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi Nikolay Romanovning kartinalar jamlanmasini uning saroyiga qaytarishni taklif qildi.

TOShKENT, 27-may – Sputnik. O‘zbekiston Davlat San’at muzeyi huzuridagi Jamoatchilik kengashi knyaz Nikolay Romanov jamlagan takrorlanmas kartinalar kolleksiyasini ularning asl joyiga – Toshkentdagi sobiq Romanov saroyiga qaytarishni so‘rashmoqda. Bu haqida kengash a’zolari 26-may kuni bo‘lib o‘tgan majlisda xabar qilishdi.

Registan v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda yangi muzey quriladi

San’at muzeyi huzuridagi Jamoatchilik kengashining fikriga ko‘ra, shahzoda Nikolay Romanovning kartinalar va qimmatli buyumlar kolleksiyasi uning saroyga qaytarilsa – ushbu joy O‘zbekistonda yana bir ajoyib muzeyga aylanardi. Uning ommaviyligi Nukusdagi Saviskiy muzeyidan qolishmagan bo‘ladi, deyilgan xulosada.

19 asr oxirida va 20-asr boshida Toshkentda yashagan Rus shahzodasi Nikolay Konstantinovich Romanov o‘z saroyida Markaziy Osiyoda eng yirik bo‘lgan Yevropa va rus rassomlarining takrorlanmas kartinalar jamlanmasini to‘plagan. Ushbu kartinalar keyinchalik O‘zbekiston San’at muzeyi fondiga o‘tkazilgan.

Nikolay Romanovning Toshkentdagi saroyi 1891-yilda arxitektorlar A.L. Benua va V.S. Geynselsman tomonidan qurilgan. Saroy binosi pishiq g‘ishtdan, o‘sha vaqtda Rossiyada rusum bo‘lgan “Modern” uslubida qurilgan. Saroy - uzun ikki qavatli bino bo‘lib uning to‘rt tomonida minora uslubida balandroq ko‘tarilgan. Markazida esa - baland nayzasimon shpilga ega bo‘lgan qabullar zali joylashgan. Saroy ichidagi xonalar ham yevropacha uslubdagi ham o‘zbek milliy uslubidagi naqshlar bilan bezatilgan.

Tubeteyki. Uzbekistan, Shaxrisabz. Artel “Xudjum” 1936 g. - Sputnik O‘zbekiston
Muzey saqlovchisi: o‘zbeklar bezash ustasi

Saroy oldi hayvonlar haykallar bilan bezatilgan bo‘lgan, uning ortida esa dunyoning turli burchaklaridan keltirilgan daraxtlar ekilgan bog‘ bo‘lgan.

Kommersant yozishiga ko‘ra, knyaz Nikolay Romanov Toshkentni yaxshi ko‘rgan. Mahalliy aholi bilan ham uning munosabatlari yaxshi bo‘lgan. Romanov Toshkentda o‘zini “polkovnik Volinskiy”, keyinchalik esa “Iskandar” deb atagan. U Toshkentda juda ko‘plab daraxtlar ekishga boshchilik va homiylik qilgan. Keyinchalik Toshkentda paxta, sovun zavodi ochgan va kvas ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan.

Nikolay Romanovning o‘zi ushbu saroyda 1918-yilda vafot etguniga qadar yashagan. O‘limidan oldin u o‘zining Yevropa va Rossiyalik rassomlar qalamiga mansub kartinalar jamlanmasini Toshkentga sovg‘a qilgan va ushbu saroyda muzey ochishni vasiyat qilgan.

Arabskie i persidskie rukopisi IX-X vekov - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda yangi muzey tashkil etiladi

Shahzoda o‘limidan keyin bir necha yil saroyda haqiqatdan ham san’at va antikvariat muzeyi bo‘lgan, keyinchalik davrida bu yerda Pionerlar uyi faoliyat yuritgan. Mustaqillik yillarida Romanov saroyi Tashqi ishlar vazirligining Marosimlar saroyi bo‘lgan. So‘nggi 2-yil davomida esa ushbu bino hokimiyat tasarrufiga o‘tkazilgan edi.

2019 yil boshida O‘zbekiston Madaniyat vaziri o‘rinbosari Kamola Akilova ushbu saroy yaqin vaqt ichida muzeyga aylanishi mumkinligini xabar qilgan edi. 

Yangiliklar lentasi
0