To‘xtash chizig‘ini bosib kirganlik uchun jarima miqdori kamaytirildi

© Sputnik / Natalya SeliverstovaVelosipedisti
Velosipedisti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini ta’minlash bilan bog‘liq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

TOShKENT, 24-may – Sputnik. To‘xtash chizig‘ini bosib kirganlik uchun jarima kamaytirildi.

Bu “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini ta’minlash bilan bog‘liq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunda nazarda tutilgan.

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 128-4-moddasi quyidagi tahrirda bayon etildi:

“128-4-modda. Transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yo‘l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmasdan to‘xtash chizig‘ini bosib kirishi va o‘tishi

Avtomobil s tonirovannimi steklami - Sputnik O‘zbekiston
“Tonirovka” uchun jarima miqdori 25 baravarga oshirildi

Svetoforning taqiqlovchi signalida yoki yo‘l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasida yo‘lning qatnov qismidagi yo‘l chiziqlari yoki yo‘l belgilari bilan belgilangan to‘xtash chizig‘ini bosib kirish, –

- eng kam ish haqining ikkidan bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yo‘l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmasdan o‘tishi, –

- eng kam ish haqining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan o‘sha huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, –

Avtomobilnoe dvijenie v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Alkogol, telefon va tonirovka: Toshkentda yana nimalar uchun haydovchilar jarimaga tortildi

- eng kam ish haqining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan o‘sha huquqbuzarlik ma’muriy jazo ikki marta qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, –

- transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi.

Qayd etish joizki, bunga qadar to‘xtash chizig‘ini bosib kirish qoidasini buzish — svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yo‘l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmasdan o‘tish bilan teng miqdorda jarimaga tortilar edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda tonirovka uchun jarima miqdori 25 baravarga oshirilgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0