“Tonirovka” uchun jarima miqdori 25 baravarga oshirildi

© Sputnik / Ruslan KrivobokReyd GIBDD po viavleniyu avtomobiley s tonirovannimi steklami
Reyd GIBDD po viavleniyu avtomobiley s tonirovannimi steklami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Huquqbuzarlik qayta sodir etilgan bo‘lsa jarima miqdori EKIHning 40 baravarini (8 109 200 so‘m) tashkil qiladi.

TOShKENT, 24-may - Sputnik. Tonirovka uchun jarima miqdori 25 baravarga oshirildi.

Bu “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini ta’minlash bilan bog‘liq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunda nazarda tutilgan.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, texnik reglamentga muvofiq bo‘lmagan ko‘zgusimon va qoraytirilgan oynali transport vositalaridan foydalanganlik uchun jarima miqdori 25 baravarga oshiriladi.

126-moddaning (Ko‘zgusimon va (yoki) tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali, shuningdek tevarak-atrofni ko‘rishni cheklaydigan qoplamali transport vositalaridan foydalanish) matni quyidagi tahrirda bayon etildi:

“Texnik reglamentga muvofiq bo‘lmagan ko‘zgusimon va (yoki) tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali transport vositalaridan, xuddi shuningdek haydovchining o‘rnidan tevarak-atrofni ko‘rishni cheklaydigan qo‘shimcha narsalar o‘rnatilgan yoki qoplamalar surtilgan transport vositalaridan foydalanish, bundan oynalar tusini o‘zgartirish (qoraytirish) uchun tegishli ruxsatnoma berilgan transport vositalari mustasno, –

- eng kam ish haqining 25 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, –

- eng kam ish haqining 40 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi”.

Avval haydovchilar EKIHning 1 baravari (202 730 so‘m), huquqbuzarlik qayta sodir etilganida 2 baravari (405 460 so‘m) miqdorida jarima to‘lashar edi.

Yangiliklar lentasi
0