Toshkentdagi MIFI bitiruvchilari O‘zbekiston atom sohasini rivojlantirishga yordam beradi

© Press-slujba MIFI/ IVAN GOLOVKOVRektor NIYaU MIFI Mixail Strixanov i glava Agentstva po razvitiyu atomnoy energetiki Uzbekistana («Uzatom”) Jurabek Mirzamaxmudov
Rektor NIYaU MIFI Mixail Strixanov i glava Agentstva po razvitiyu atomnoy energetiki Uzbekistana («Uzatom”) Jurabek Mirzamaxmudov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sentabr oyidan boshlab MIFI YaMTU ilk talabalarni qabul qiladi. Talabalarni kim va nimaga o‘qitadi? Oliygoh bitiruvchilari qayerda ishlaydilar? Toshkentdagi MIFI YaMTU filiali rahbari Yuriy Maslov mana shular haqida Sputnik muxbiriga bergan intervyusida so‘zladi.

2018 yil "Rosatom" davlat korporatsiyasi va O‘zbekiston o‘rtasida mamlakat hududida AES qurish bo‘yicha bitim imzolangan edi.

Sal o‘tib, O‘zbekiston Prezidenti, atom stansiyasi va sanoatning boshqa yuqoritexnologik sohalari hamda fundamental tadqiqotlar uchun ilmiy-texnik xodimlarni tayyorlash maqsadida Toshkentda MIFI yadro milliy tadqiqot universitetining filialini ochish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Sentabr oyidan boshlab MIFI YaMTU ilk talabalarni qabul qiladi. Talabalarni kim va nimaga o‘qitadi? Oliygoh bitiruvchilari qayerda ishlaydilar? Toshkentdagi MIFI YaMTU filiali rahbari Yuriy Maslov mana shular haqida Sputnik muxbiriga bergan intervyusida so‘zladi.

V Tashkente sostoyalas seremoniya otkritiya Informatsionnogo sentra po atomnim texnologiyam (ITSAT) - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda atom texnologiyalari bo‘yicha axborot markazi ochildi

- Yuriy Aleksandrovich, talabalarning ta’lim jarayoni qaysi yo‘nalishlarda kechadi?

- Filial birinchi navbatda to‘rt yo‘nalishda bakalavrlarni tayyorlaydi. Bu yadro energetikasi, yadro fizikasi va texnologiyalar, elektr energetika va issiqlik energetikasi (atom stansiyalarda qo‘llaniladi).

To‘rt yo‘nalishning har biriga 25 nafardan jami 100 nafar talaba qabul qilinadi. 2019-yil biz faqat bakalavriatga talabalarni qabul qilamiz, bo‘lajak magistrlarni esa Moskvadagi MIFI YaMTUga o‘qishga jo‘anatamiz. Lekin bir necha yildan so‘ng, filialda bakalavrlar yetishib chiqgach, magistrlik dasturlarini Toshkentda ham ochish rejamizda bor.

- Filialda kimlar dars beradi?

- Ham rossiyalik, ham o‘zbekistonlik mutaxassislar. Profil kafedralar o‘qituvchilari filialga Moskvadan keladi. Umumta’lim kafedralari o‘qituvchilarini esa mahalliy, o‘zbek pedagoglari orasidan saralab olmoqdamiz. Biz filialning professor-o‘qituvchilar tarkibiga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqdik, nomzodlarni maxsus so‘rovnoma va suhbatdan o‘tkazdik. Bir guruh o‘qituvchilarni saralab oldik, ular tez orada avvaliga Toshkentda, so‘ngra Moskvada o‘z malakalarini oshiradilar.

© Press-slujba MIFIProyekt filiala NIYaU MIFI v Tashkente
Toshkentdagi MIFI bitiruvchilari O‘zbekiston atom sohasini rivojlantirishga yordam beradi - Sputnik O‘zbekiston
Proyekt filiala NIYaU MIFI v Tashkente

Biz hozir birinchi bosqich uchun qabulni amalga oshirapmiz, bir yildan so‘ng bizga yangi fanlardan ham o‘qituvchilar kerak bo‘ladi. Shu bois, kadrlarni qayta tayyorlash ishlari bilan yaqin uch yilda – ham Toshkent, ham Moskvada muntazam shug‘ullanamiz.

Filial uchun ta’lim dasturlari bo‘lg‘usi bitiruvchilarimizning asosiy ish beruvchisi “O‘zatom” davlat korporatsiyasi ishtirokida ishlab chiqilgan. O‘qituvchilarni saralash va ularning malakasini oshirish ishlari esa “Rosatom” va “O‘zatom” ishtirokida kechmoqda.

- Ta’lim qaysi tilda kechadi?

- Atom stansiyasi qurilishi va texnik hujjatchilik ishlari rus tilida olib borilishi rejalashtirilgan. Shu bois, filialda talabalar rus tilida tahsil oladilar.

O‘tgan yilning oktabr oyidan boshlab O‘zbekiston Milliy universiteti negizida tayyorlov kurslari olib borilmoqda, u yerda 108 kishi tayyorlanmoqda. Abituriyentlar rus tili, matematika va fizikani o‘rganishmoqda. Kurs tinglovchilari orasida ikki bor sayyor test hamda MIFI YaMTU olimpiadalarini o‘tkazdik – bularning barchasi rus tilida bo‘ldi.

Abituriyentlar rus tilidagi materiallarni qabul qilishga tayyorliklari yaqqol ko‘zga tashlanmoqda, ular yaxshi natijalarni ko‘rsatishmoqda. Toshkentlik ishtirokchilardan bir nechtasi MIFI YaMTU xalqaro olimpiadalari sovrindorlariga aylandilar, hatto.

Bulardan tashqari, filialning barcha ta’lim dasturlarida o‘quv rejaga ko‘ra talabalarning rus tilidagi bilimlarini takomillashtirish ko‘zda tutilgan.

© MIFI/ IVAN GOLOVKOVGlava Agentstva po razvitiyu atomnoy energetiki Uzbekistana («Uzatom”) Jurabek Mirzamaxmudov i studenti NIYaU MIFI
Toshkentdagi MIFI bitiruvchilari O‘zbekiston atom sohasini rivojlantirishga yordam beradi - Sputnik O‘zbekiston
Glava Agentstva po razvitiyu atomnoy energetiki Uzbekistana («Uzatom”) Jurabek Mirzamaxmudov i studenti NIYaU MIFI

- Sizlar O‘zbekistonda yashovchi Rossiya fuqarolarini ham qabul qilasizlarmi?

- Qabul komissiyasi nizomi va qabul kampaniyasi to‘g‘risida qabul qoidalari yaqin kunlarda tasdiqlanadi va unda bu savolga ham javob bor. Hozircha, afsuski, bu savolga javob berishga tayyor emasman.

O‘zbekiston fuqarolariga kelsak, bu yerda hammasi tushunarli, ular grant asosida o‘qishga qabul qilinadi. Ya’ni o‘zbekistonlik talabalar bilan shartnoma imzolanadi, bu hujjatga ko‘ra, ular o‘qish uchun pul to‘lamaydilar, lekin universitetni tamomlagach, “O‘zatom”ga qarashli profil tashkilotlarda ishlab berishlari shart bo‘ladi. Bu O‘zbekiston Respublikasida mavjud grant asosidagi maqsadli ta’limdir.

- Toshkentdagi laboratoriyalarning jihozlanganlik darajasi Moskvadagi universitet talabiga javob beradimi?

- Jihozlanish darajasi eng yaxshi bo‘ladi. U nafaqat MIFI YaMTU darajasiga mos, balki undan ham ortiq bo‘ladi, chunki biz hozirda eng zamonaviy jihozlarni xarid qilyapmiz.

- Qabul kampaniyasi qachondan boshlanadi?

- Qabul kampaniyasiga iyun boshida start beriladi. Tez orada hujjatlarni topshirish va natijalar e’lon qilinadigan sanani ma’lum qilamiz. O‘qishga qabul qilish buyrug‘i qachon chiqishi muddati ham aytiladi.

- Bu sizlarga eng kuchli abituriyentlarni saralab olishga imkon beradimi?

- Ha, barcha harakatlarimiz shunchaki qabul uchun emas, aynan saralab olishga qaratilgan. Shu uchun ishlayapmiz. Aynan shu maqsadda maktab o‘quvchilari orasida turli olimpiadalarni o‘tkazib kelyapmiz.

- Kirish imtihonlari qanday kechadi?

- To‘rt mutaxassislikning har biriga rus tili, matematika va fizikadan imtihon topshirish kerak bo‘ladi.

© Press-slujba MIFI/IVAN GOLOVKOVVstrecha glavi Agentstva po razvitiyu atomnoy energetiki Uzbekistana («Uzatom”) Jurabek Mirzamaxmudov so studentami NIYaU MIFI iz Uzbekistana.
Toshkentdagi MIFI bitiruvchilari O‘zbekiston atom sohasini rivojlantirishga yordam beradi - Sputnik O‘zbekiston
Vstrecha glavi Agentstva po razvitiyu atomnoy energetiki Uzbekistana («Uzatom”) Jurabek Mirzamaxmudov so studentami NIYaU MIFI iz Uzbekistana.

Barcha dasturlarning qisqacha sharhlari hammaga ma’lum. Yaqin vaqtda kirish imtihonlari dasturlari ham tayyorlanadi. May-iyun oylarida Toshkentda, Samarqandda va ehtimol boshqa shaharlarda MIFI YaMTU haqida hikoya qiluvchi konsultatsiyalar, sayyor leksiyalar o‘tkaziladi. Bunda filialga eng yaxshi abituriyentlarni jalb qilish maqsadida qabul qoidalari, imtihonlarga qanday tayyorgarlik ko‘rish kerakligi haqida so‘zlanadi. Shuningdek, imtihonlar oldidan bevosita fanlar bo‘yicha maslahat berish rejalashtirilgan.

- Filial keyinchalik qanday rivojlanadi?

- Yaqin vaqtda umumta’lim, so‘ngra ixtisoslashtirilgan kafedralarni jihozlash ishlari amalga oshiriladi. Bundan tashqari, biz, Yadro fizikasi instituti bilan yaqindan hamkorlik qilamiz. Toki bitiruvchi kurs talabalari u yerda amaliyot o‘tasin. Atom stansiyasi ishga tushirilishiga yaqin sanada talabalar “O‘zatom” korxonalari, shu jumladan stansiyaning o‘zida amaliyot o‘tashlari rejalashtirilgan.

Bir necha yildan so‘ng, ilk bakalavr bitiruvchilar paydo bo‘lgach, ehtimol, magistratura dasturlari ochiladi. Magistratura bitiruvchilarini filial ilmiy-pedagogik kadrlarini tayyorlash maqsadida MIFI YaMTU aspiranturasiga tavsiya etamiz.

- Toshkentdagi MIFI YaMTU bitiruvchilari qayerda va kim bo‘lib ishlaydilar?

- Bitiruvchilarimizning aksariyati, atom stansiyasida va “O‘zatom”ning boshqa korxonalarida ishlaydilar. “Yadro fizikasi va texnologiyalar” yo‘nalishidagi bitiruvchilarning bir qismi Yadro fizikasi institutida faoliyat olib borishadi va amaliy hamda fundamental tadqiqotlar bilan shug‘ullanadilar.

Mujchina zakrivayet portfel - Sputnik O‘zbekiston
Atom elektr stansiyasi qurilishi direksiyasi direktor tayinlandi

- Yangi bo‘linmaga rahbarlik qilish sizga qanday mas’uliyat yuklaydi?

- Men MIFI YaMTUni «Yadro reaktorlari va energetik qurilmalar” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlab, nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilganman. Filialga rahbarlik qilish – men uchun juda mas’uliyatli ish, negaki, bugun respublikada nafaqat oliygoh, balki butun boshli atom sohasi noldan boshlab yaratilmoqda. Atom stansiyasi singari murakkab obyekt faqatgina foyda keltirishi va ekspluatatsiyada xavfsiz bo‘lishi uchun malakali kadrlarni tayyorlab berish juda muhim.

Bizda tahsil olishni istaydigan bo‘lg‘usi abituriyentlarga yangi, o‘rganilmagan yo‘llardan borishdan hayiqmaslikni maslahat bergan bo‘lar edim. Ular shu bilan birga o‘ta mas’uliyatli va yangi maqsadlarni amalga oshirishga tayyor bo‘lmoqlari lozim. Yangi bilimlarga ega bo‘lish uchun ko‘p vaqt va kuch sarflash kerak bo‘ladi, va bu bilimlar ular uchun kelajakda o‘z Vatanlari ravnaqi yo‘lida juda asqotadi.

Yangiliklar lentasi
0