Toshkentda atom texnologiyalari bo‘yicha axborot markazi ochildi

© UzatomV Tashkente sostoyalas seremoniya otkritiya Informatsionnogo sentra po atomnim texnologiyam (ITSAT)
V Tashkente sostoyalas seremoniya otkritiya Informatsionnogo sentra po atomnim texnologiyam (ITSAT) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Axborot markazi “O‘zatom” agentligi va “Rosatom” davlat korporatsiyasining qo‘shma loyihasi asosida ishga tushirildi.

TOShKENT, 15-may - Sputnik. Toshkentda atom texnologiyalari bo‘yicha axborot markazi ochildi. Bu haqda “O‘zatom” matbuot xizmati xabar qildi.

Ochilish marosimida “Rosatom” davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachov, O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Yuldoshev,  Rossiya Federatsiyasining favqulodda va muxtor elchisi Vladimir Turdenev hamda O‘zbekiston va Rossiya atom tarmoqlari vakillari, maktab o‘quvchilari ishtirok etishdi.

© UzatomV Tashkente sostoyalas seremoniya otkritiya Informatsionnogo sentra po atomnim texnologiyam (ITSAT)
Toshkentda atom texnologiyalari bo‘yicha axborot markazi ochildi - Sputnik O‘zbekiston
V Tashkente sostoyalas seremoniya otkritiya Informatsionnogo sentra po atomnim texnologiyam (ITSAT)

Ta’kidlanishicha, axborot markazi O‘zbekiston aholisi uchun har bir inson atom nima ekanligi, AES qanday ishlashi, atom texnologiyalari qaysi noenergetik sohalarda qo‘llanilishi va ko‘pgina boshqa masalalar bo‘yicha bilimga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan maydon bo‘ladi. Markaz ekspozitsiyasi turli yoshdagi tashrif buyuruvchilar uchun mo‘ljallangan: maktab o‘quvchilari, talabalar va yoshi kattalar.

© UzatomV Tashkente sostoyalas seremoniya otkritiya Informatsionnogo sentra po atomnim texnologiyam (ITSAT)
Toshkentda atom texnologiyalari bo‘yicha axborot markazi ochildi - Sputnik O‘zbekiston
V Tashkente sostoyalas seremoniya otkritiya Informatsionnogo sentra po atomnim texnologiyam (ITSAT)

Shuningdek, markaz maydonida olimlarning ommaviy ma’ruzalari o‘qiladi, atom tarmog‘i mutaxassislari bilan uchrashuvlar va shu bilan bog‘liq turli tadbirlar  tashkil etiladi.

O‘tgan yilning kuz oyida Rossiya va O‘zbekiston hukumatlari rahbarlari Dmitriy Medvedev va Abdulla Aripov respublika hududida AES qurilishi bo‘yicha hamkorlik qilish to‘g‘risida bitim imzolashdi. “Rosatom” VVER-1200 reaktorli qurilma “3+” avlodiga tegishli ikkita energoblokdan iborat bo‘lgan majmua barpo qilishni rejalashtirilmoqda.  

Yangiliklar lentasi
0