Dunyoda

Xitoyliklar Oyning orqa tomonida noyob kashfiyot qilishdi

© AFP 2023 / Daniel Karmann / dpaSamolet na fone polnoluniya v Germanii
Samolet na fone polnoluniya v Germanii  - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Xitoy Oyni oʻrganish dasturi oʻz ichiga uchta bosqichni oladi: Oy atrofini aylanib chiqish, Oyga qoʻnish va uning sathidan Yerga namunalar olib kelish. Dastlabki ikki bosqich xitoylik muhandislar va raketachilar tomonidan muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

TOSHKENT, 16 may – Sputnik. Xitoyning "Yuytu-2" lunoxodi Oyning orqa tomonida shu paytgacha mavjudligi gumon ostida boʻlgan Oy mantiyasining ikki xil jinslarini aniqladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar qildi.

Kaliforniyada Oyning toʻliq tutilishi - Sputnik Oʻzbekiston
Foto
Qonli Oy tutilishining rang-barang koʻrinishlari

Bu topilmalarning oʻrganilishi Yer va uning yoʻldoshi shakllanishi tarixini ochib beradi.

"Ajablanarlisi shuki, “Appolon”lar ham, sovet zondlari ham Yerga Oy mantiyasidan biror namuna keltirmagan. “Yuytu-2” esa NASA zondi oʻlchovlari koʻrsatganidek, Janubiy qutb-Eytken havzasi tubidagi kraterga qoʻnib, uning tarkibi haqida birinchilardan boʻlib maʼlumot oldi”, — deya kashfiyotga izoh bergan Tuluza universiteti paleontologi Patrik Pine (Patrick Pinet).

Xitoyning “Chanʼe” Oyni zondlash dasturi oʻz ichiga uchta bosqichni oladi: Oy atrofini aylanib chiqish, Oyga qoʻnish va uning sathidan Yerga namunalar olib kelish. Dastlabki ikki bosqich xitoylik muhandislar va raketachilar tomonidan muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

Semena xlopka prorosli na Lune - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Koʻz tegdi: Oyda oʻsib chiqqan ilk oʻsimlik nobud boʻldi

Xitoy 2019 yilda ushbu dasturning navbatdagi bosqichi — tarixda ilk bor Oyning orqa tarafiga qoʻnishni amalga oshirishni boshladi.

Buning uchun 2018 yil may oyida noyob “Chanʼe-4” qoʻnish moslamasi Oyga qoʻndirildi.

“Yuytu-2” lunoxodi toʻrt oy davomida Yer yoʻldoshida ish olib borib, hozir ham buni davom ettirmoqda.

Hozirda “Chanʼe-4” tadqiqot guruhi ommaga “Yuytu-2” toʻplagan dastlabki ilmiy maʼlumotlar taqdim etdi. Missiya boshligʻi Chunlay Li va uning hamkasblarining taʼkidlashicha, Oy yuzasi qanday jinslardan tarkib topgani va uning turli qismlarida qanchalik farq qilishi olimlarni allaqachon qiziqtirib qoʻygan.

Gap shundaki, olimlar hozirda Yer va Oyning ichki tuzilishi har xil stsenariyga koʻra turlicha shakllangan, degan fikrda. Yerdan farqli ravishda Oyda tektonik jarayonlar boʻlmagan. Yer qaʼri u paydo boʻlganidan soʻng bir necha oʻn millionlab yil oʻtganidan keyin nisbatan tez sovugan.

Semena xlopka prorosli na Lune - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Kosmik “oq oltin”: xitoyliklar Oyda chigit undirishdi

Xitoyliklar oʻtkazayotgan tadqiqotlar bu borada qiziqtirayotgan barcha savollarga javob topishga qaratilgan.

Eslatib oʻtamiz, Xitoyning “Chanʼe-4” kosmik qurilmasida Oyga olib chiqilgan paxta urugʻlari (chigitlar) nish urib chiqqandi. Biroq ular nobud boʻldi. Olimlar oʻsimliklarning nobud boʻlishiga sabab Yerning yoʻldoshida tun ekanligini va unda havo harorati - 170 darajagacha tushishi mumkinligi bilan tushuntirishgan.

Oyga chigitdan (paxta urugʻi) tashqari, raps (karam turi), kartoshka va moyli oʻsimliklar urugʻlari yetkazilgandi, biroq ularning birortasi koʻkarib chiqmagan.

 

Yangiliklar lentasi
0