Ko‘z tegdi: Oyda o‘sib chiqqan ilk o‘simlik nobud bo‘ldi

© China Xinhua NewsSemena xlopka prorosli na Lune
Semena xlopka prorosli na Lune - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oyning orqa tomoniga qo‘ngan, Xitoyning “Chan’e 4” zondi bortida nish urib chiqqan chigit nobud bo‘ldi.

TOShKENT, 17 yanv – Sputnik. Oyning orqa tomoniga qo‘ngan, Xitoyning “Chan’e 4” zondi bortida nish urib chiqqan chigit  nobud bo‘ldi. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, olimlar o‘simliklarning nobud bo‘lishiga sabab Yerning yo‘ldoshida tun ekanligini va unda havo harorati - 170 darajagacha tushishi mumkinligi bilan tushuntirishgan.

Semena xlopka prorosli na Lune - Sputnik O‘zbekiston
Kosmik “oq oltin”: xitoyliklar Oyda chigit undirishdi

Shuningdek, mazkur tajribada o‘simliklar uzoq umr ko‘rishi ko‘zda tutilmaganligini ta’kidlangan.

Oyga chigitdan (paxta urug‘i) tashqari, raps (karam turi), kartoshka va moyli o‘simliklar urug‘lari yetkazilgandi, biroq ularning birortasi ko‘karib chiqmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyning “Chan’e-4” kosmik qurilmasida Oyga olib chiqilgan paxta urug‘lari nish urib chiqqani haqida xabar bergandik.

Yangiliklar lentasi
0