Kosmik “oq oltin”: xitoyliklar Oyda chigit undirishdi

© China Xinhua NewsSemena xlopka prorosli na Lune
Semena xlopka prorosli na Lune - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoyning qurilmasi bir qator past-chastotali radio astronomik kuzatuvlarini o‘tkazadi.

TOShKENT, 15 yanv – Sputnik. Xitoyning “Chan’e-4” kosmik qurilmasida Oyga olib chiqilgan paxta urug‘lari (chigitlar) nish urib chiqdi, deb xabar qildi China Xinhua News.

Panoramnie fotografii Luni s kameri, ustanovlennoy na kitayskom lunnom zonde «Chan’e-4».  - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy apparati Oyda nimalarni topdi – nodir suratlar

Eslatib o‘tamiz, xitoyliklar Oyning ort qismiga “Chan’e-4” kosmik qurilmasini muvaffaqiyatli qo‘ndirgan edi. Ushbu qurilmada kartoshka, karam ekinlari urug‘lari olib chiqilgandi.

Birinchi bo‘lib paxta urug‘lari (chigitlar) nish urib chiqdi. Bu Oy sirtida ilk marotaba amalga oshirilgan biologik sinovlar muvaffaqiyatli o‘tganligi haqida tadqiqot rahbari professor Lyu Xanlun ma’lum qildi.

Ushbu qurilma oyda atrof-muhit va turpoqni o‘rganadi. Bundan tashqari, u bir qator past-chastotali radio astronomik kuzatuvlarini o‘tkazadi.

Yangiliklar lentasi
0