TOShKENT, 14-may – Sputnik. Kiyevning Obolon tuman sudi Ukrainaning yangi saylangan prezidenti Vladimir Zelenskiyni prezident saylovlari vaqtida noqonuniy tashviqot olib borishda aybdor deb topdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.
Ukraina prezidenti saylovining ikkinchi bosqichida siyosatchi to‘ldirilgan bulletenni qonunga xilof ravishda ko‘rsatgan. Politsiya unga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzgan.
Sud majlisi Zelenskiyning ishtirokisiz o‘tkazildi. Himoya taraf suddan qoidabuzarlik tarkibi bo‘lmagani sababli ma’muriy ishni yopishni so‘ragan.
Vladimir Zelenskiyning advokati Sergey Kalchenko siyosatchi bulletenni jurnalistlarning iltimosi bilan ko‘rsatgani, lekin unga ovoz berish haqida hech nima aytmaganini ro‘kach qildi.
Himoyachining so‘zlariga ko‘ra, Zelenskiy politsiya bayonnomasini imzolab, aybini tan olgan, negaki, u yurist emas va shunchaki “to‘g‘ri yo‘l tutishni xohlagan”.
Sud yakunida sudya Vladimir Zelenskiyni aybdor deb topdi va 850 grivna (32 dollar) miqdorida jarima to‘lash majburiyatini yukladi.
Bundan tashqari, bo‘lg‘usi prezidentdan sud yig‘imini undirish ham tayinlangan. Qaror qonuniy kuchga kirmagan va uning ustidan shikoyat keltirish mumkin.