TOShKENT, 1-may – Sputnik. Ukrainaning yangi saylangan prezidenti Vladimir Zelenskiy “ChistoNews” nomli ko‘rsatuvda Checheniston rahbari Ramzan Qodirov namozdan keyin yig‘layotgani aks etgan lavhalar ishlatilgani uchun barcha musulmonlar oldida uzr so‘radi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.
Zelenskiy ta’kidiga ko‘ra, u ushbu rolikdan bexabar bo‘lgan, chunki ko‘rsatuvni olib bormagan. Ko‘rsatuvning o‘sha sonini boshqa muharrirlar guruhi tayyorlagan.
Zelenskiyning aytishicha, unga qo‘ng‘iroq qilib, bu video haqida ma’lum qilishgan. So‘ngra bu boradagi fikrini so‘rashgan.
“U yerda bunday vaziyat – musulmon dunyosi. Mana meni nima to‘xtatdi. Men gap nimadaligini bilmasligim, bu voqeani qayta ko‘rib chiqishimni aytdim”,- deya ta’kidlagan Zelenskiy.
Zelenskiy so‘zlariga ko‘ra, din bu “og‘riqli mavzudir”, boshqa diniy manfaatlar ustida to‘xtalish esa – “yaxshi emas”.
“Butun musulmon dunyosi oldida yigitlarimiz uchun uzr so‘ramoqchiman”, - degan Zelenskiy.
Ukraina MSK Vladimir Zelenskiyni prezidentlik saylovlarida g‘olib chiqqanini rasman e’lon qildi. U saylovning ikkinchi bosqichida 73,22 foiz ovoz to‘pladi. Amaldagi prezident Potr Poroshenko saylovchilarning 24,45 foiz ovozini to‘plab, mag‘lubiyatga uchradi.