Yaqinda 41 yoshli Zelenskiyni yangi qiyofada – siyosatchi va Ukraina prezidentligiga nomzod sifatida hammaga ma’lum bo‘ldi.
Zelenskiy saylovlarning birinchi bosqichida raqiblardan o‘zib ketdi. Amaldagi prezident Petr Poroshenko bilan ikkinchi bosqichga o‘tdi.
Ukrainining bo‘lajak prezidenti Vladimir Zelenskiy nima bilan qiziq?
Vladimir Zelenskiyning yoshligi
Vladimir Zelenskiy 1978-yilda 25-yanvarda Krivoy Rog (Ukraina SSSR hududi) shahrida tug‘ilgan.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
Otasi - Aleksandr Zelenskiy dasturchi bo‘lgan, texnika fanlari doktori, professor, Krivoy Rog iqtisodiyot intitutining informatika kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan.
Onasi - Rimma Zelenskaya 40-yil muhandis bo‘lib ishlagan.
Vladimir bolalik chog‘ida 4-yil Mongoliyaning Erdenete shahrida yashagan. U yerda otasi xizmat safarida bo‘lgan, shu shaharda Zelenskiy birinchi sinfni tamomlaydi.
Keyinchalik oila Krivoy Rog shahriga qaytadi, u yerda ingliz tili chuqur o‘rgatiladigan maktabda tahsil oladi.
Ukrainaning bo‘lajak prezident juda qobiliyatli bola bo‘lgan. U sportni juda yaxshi ko‘rgan, yunon-rim kurashi, og‘ir atletika, voleybol va basketbol sport turlari bilan shug‘ullangan.
Bundan tashqari, Zelenskiy pianino va bal raqs to‘garagida ham shug‘ullangan. Vladimir maktab havaskorlik ishlarida faol qatnashgan.
1995 yilda maktabni ikkita to‘rt baho bilan tugatdi.
Zelenskiyga Isroilda bepul ta’lim olish bo‘yicha grand taqdim etilgan, biroq uning otasi bunga qarshilik qildi.
Shuning uchun Zelenskiy Krivoy Rog iqtisodiyot intitutining huquqshunoslik mutaxassisligiga kirib, uni tamomlaydi. Biroq o‘z yo‘nalishi bo‘yicha hech qachon ishlamaydi.
Vladimir Zelenskiy KVN va "Kvartal-95"da
Maktab chog‘ida Zelenskiy KVNga qiziqadi. Talabalik davrida KVNda turli jamoalarda ishtirok etadi (“Molodoy Krivoy Rog”, "Zaporojye — Krivoy Rog — Tranzit").
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
1997 yilda uning jamoasi KVNning Oliy ligasida chempion bo‘lganda, Zelenskiy do‘stlari bilan "95-chi kvartal" jamoasini tuzadi. Vladimir Zelenskiy jamoa sardori bo‘ladi.
Jamoa ikki karra KVNning ikkinchi musiqa festivali mukofoti g‘olibi bo‘ladi.
2003 yilda AMiK kompaniyasi bilan kelisha olmay qoladi va Zelenskiy KVNni tark etadi.
2005 yilda Ukrainada "Inter" telekanalida teleshou dasturiga rejissorlik va boshlovchilik qiladi. Shou qisqa vaqt ichida mamlakat auditoriya orasida KVN va Comedy Club dasturlarini ortda qoldiradi.
"95-chi kvartal" jamoasi “Kvartal-95” studiyasiga aylanadi. Uning egalari Vladimir Zelenskiy, Boris va Sergey Shefir, Andrey Yakovlev. Studiya bir nechta teleloyihalarni yo‘lga qo‘yadi.
Vladimir Zelenskiyning shaxsiy hayoti
2003 yilda Vladimir Zelenskiy maktabdagi muhabbati Yelena Kiyashko bilan turmush quradi.
Yelena Krivorojsk texnik universitetini qizil diplom bilan tamomlaydi. Mutaxassisligi arxitektor.
Oilada ikkita farzand – Aleksandra (15 yosh) va Kirill (6 yosh).
Yelena “Kvartal-95” studiyasining mualliflaridan biri hisoblanadi.
Vladimir Zelenskiyning mol-mulki
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Zelenskiy oilasi 5 ta kvartiraga egalik qiladi.
Bo‘lajak Ukraina prezidenti Land Rover, uning rafiqasi Yelena esa Mercedes-Benz S 500 4 Matic mashinasida yuradi.
Bundan tashqari, oilada Breguet, Tag Heuer, Rolex, Piaget markali soatlar, shuningdek, Graff, Bovet, Breguet zargarlik buyumlari mavjud.
OAVlarga qaraganda, Zelenskiy oilasida qimmatbaho qog‘ozlar, Kipr va Britan Virginsk orollari kompaniyalarining aksiyalari bor.
Zelenskiylar oilasi 9 ta kompaniyalarda korporativ egalik huquqi mavjud.
2017 yilda Vladimir Zelenskiy o‘z daromadi sifatida 280 ming dollar deklaratsiya qilgan. Bank hisoblarida 434 ming dollar (asosan Latviyadagi Privatbankda) va 1,2 million griven (44,6 ming dollar) mavjud.
Vladimir Zelenskiyning siyosiy karyerasi
2017 yilda “Kvartal-95” studiyasi yumoristlari “Xalq xizmatchisi” (Sluga naroda) siyosiy partiyani ro‘yxatdan o‘tkazishdi.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
2019 yil 1-yanvarda Zelenskiy Ukraina prezidenti saylovlarida o‘z nomzodini qo‘yishini ma’lum qilgandi. 21-yanvarda aktor Ukrainaning Markaziy saylov komissiyasiga hujjatlarni topshirdi.
Birinchi saylov yakunlari bo‘yicha Zelenskiy birinchi pog‘onaga chiqdi.
Matbuotda Zelenskiy oligarx Igor Kolomoyskiy tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi versiyasi keng tarqalgan. Partiya saylov kampaniyasiga 5,5 million dollar sarflagani ma’lum.
Zelenskiyning saylov oldidan bergan va’dalari
Prezidentlikka nomzod Ukraina fuqarolariga faqat bir muddat - 5 yil prezidentlik lavozimini egallashini aytdi.
Shuningdek, Zelenskiy quyidagilarni va’da qildi.
- Donbassda urushni to‘xtatishga kelishish;
- vaqtincha okkupatsiya qilingan hududlarni qaytarish va Rossiyadan yetkazilgan zararni qoplash;
- parlament deputatlari, sudyalar va prezident o‘zi daxlsizlik huquqidan mahrum etish bo‘yicha referendum o‘tkazish;
- iqtisodiyotni detenizatsiyasiga (oqlash) erishish;
- Ukrainani NATOga a’zo bo‘lish masalasida referendum o‘tkazish;
- Ukraina harbiylarining maoshlarini “NATO standarti” darajasiga yetkazish;
- yig‘ilishga kelmaydigan deputatlarni mandatidan mahrum qilish;
- yoshlar uchun uy-joy kredit dasturini tiklash;
- “Ukrainaliklarni iqtisodiy pasporti”ni joriy qilish, unda davlat tomonidan tabiiy boyliklarni sotishdan tushgan mablag‘ning bir qismini to‘plash mumkin bo‘ladi.